Audi koronavirus sabab logotipini o‘zgartirdi  

  • 19:40 / 25.03.2020
  • 511

Koronavirus pandemiyasi davrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti barcha odamlarni 1 metr oraliq masofa saqlashga chorlamoqda. 

Shu qoidaga Audi kompaniyasi ham amal qilgan holda, logotipidagi halqalari orasini ochdi. 

Halqalar yoyilganda ekranda “masofani saqlang”, degan yozuv paydo bo‘ladi. Qayta birlashganda esa, “birga bo‘ling”, degan jumlani ko‘rish mumkin.