Avstraliya hayvonot bog‘larining biridagi sherlar xizmatchiga tashlandi

  • 16:18 / 29.05.2020
  • 330

Bugun, 29-may kuni Avstraliyaning Sidney shahri shimolidagi “Shoalhaven” hayvonot bog‘idagi ikkita sher bog‘ xizmatchisiga hujum qilib, jarohat yetkazdi. Voqea joyiga darhol favqulodda xizmatlar vakillari yetib kelishgan, deb yozmoqda CBS News.

Xabarda ta’kidlanishicha, 35 yoshli ayolning bosh va bo‘yin qismlari jiddiy shikastlangan. U og‘ir ahvolda Sidney kasalxonasiga yotqizilgan.

“Xizmatchi qaqshatqich zarbaga uchragan. Bu men boshimdan kechirgan eng yomon ishlardan biri”, deydi Tez tibbiy yordam xizmati ofitseri Stokmen o‘z bayonotida.

Politsiya tergov bo‘limi boshlig‘i Greg Murning aytishicha, sherlar qisqa vaqt ichida qo‘lga olingan.

Teglar