Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlarining sabab va oqibatlari: Aslida, nima bo‘lgandi?

  • 17:14 / 26.01.2020
  • 2689

O‘tgan yil insoniyat, ayniqsa, tabiat uchun og‘ir yo’qotishlar yili bo‘ldi. Avstraliyada avj olgan yong‘inlar butun dunyoni qayg‘uga soldi. Quyida beriladigan ma’lumotlar ana shu yo‘qotishlar ahamiyatini chuqurroq anlashga, tabiatni asrash qay darajada muhim ekanini tushunib yetishga turtki bersa ajab emas.

Dastlab Avstraliya haqida qisqacha…
Avstraliya davlati rasman Avstraliya Ittifoqi yoki Avstraliya Hamjamiyati deb nomlanadi. Bu davlat Yerning janubiy yarimsharida Avstraliya materigida joylashgan bo‘lib, Tasmaniya orollari, Hind va Tinch okeanlaridagi bir qancha orollarni o‘z ichiga oladi. Maydonining kattaligi bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinda turadi. Shimolidan Sharqiy Timor, Indoneziya va Papua – Yangi Gvineyaga, shimoli-sharqdan Vanuatu, Yangi Kaledoniya va Solomon (Sulaymon) orollari, janubi-sharqdan Yangi Zelandiyaga chiqish mumkin.   
Avstraliya dunyoning eng rivojlangan davlatlari sirasiga kiradi. Inson omillarining o‘sish indeksi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallagan. Qishloq xo‘jaligi Avstraliya iqtisodining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat hududining 61 foizini fermerlar, chorvachilik xo‘jaliklari egallagan. Iqlimiga okean oqimlari ta’sir qiladi. Hind okeanidan esuvchi El-Nino oqimi o‘zi bilan doimo qurg‘oqchiliklarni olib keladi.  

Avstraliya o‘rmonlarga boy va ular mamlakatning noyob mulki hisoblanadi. O‘rmon resursi 134 million gektar va butun dunyoda mavjud o‘rmonlarning 3,5 foiziga ega edi. Bu yerdan yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonlarning turlarini topish mumkin edi. Dunyoning boshqa hech bir yerida uchramaydigan flora va faunaga ega.   

Bu hududda azaldan o‘rmon yong‘inlari bo‘lib turadi. Ammo oldindan ko‘rilgan chora-tadbirlar yordamida qisqa vaqt ichida xavf bartaraf etilar, o‘rmon hayoti yana o‘z iziga tushib ketardi. Biroq 2019-yilda bunday bo‘lmadi. Avgust oyida boshlangan qurg‘oqchilik natijasida yuzaga kelgan yong‘inni jilovlashning iloji yo‘q edi. O‘rmon yong‘inlari oktabr oyiga kelib dahshatli tus oldi va nafaqat butun   Avstraliyaning, balki butun dunyo aholisining qayg‘usiga aylandi.

Avstraliyaning oltita shtatida 73 000 kvadrat kilometrlik (Irlandiya hududiga teng) maydon yonib ketgan.  


Yong‘inlar hatto uzoq hisoblangan Sidney va Melburn shaharlari ostonasigacha borib yetdi. Har ikkala shahar osmonida quyuq tutun uzoq vaqtgacha saqlanib turdi.   
 

Yong‘in o‘zidan keyin hech narsa qoldirmadi... 
 

Yong‘inlar bilan kurashish uchun bir necha shtatda bir vaqtning o‘zida favqulodda holat e’lon qilindi. AQSh, Kanada va Yangi Zelandiya davlatlari yordam uchun o‘z o‘t o‘chiruvchilarini yuborishdi. Avstraliya hukumati evakuatsiyaga, odamlarni izlab topish va qutqarish, yong‘in oqibatlarini bartaraf etish, oziq-ovqat yetkazib berish ishlariga o‘z armiyasini jalb qildi.  

E’tibor bering: bu Janubiy Avstraliya shtati. Bu yer yong‘indan unchalik talofat ko‘rmagan.   

Yangi Janubiy Uelsda nimalar sodir bo‘ldi?   

O‘rmon
 
Hukumat yong‘inni o‘chirishga ko‘ngillilarni ham jalb qildi.   

11. 10 kun mobaynida yong‘inlar bilan kurashgan har bir ko‘ngilli hukumatdan 4200 dollar miqdorida pul oldi. Bundan tashqari, ularga asosiy ish joylaridan qo‘shimcha ta’til va kompensatsiya berildi.  

12. Bu yerda eski mashinalar to‘plangan uy bor edi.  

13. Garaj

14. 31-dekabr kuni Viktoriya shtatidagi Mallakuta shahrining aholisi o‘z uylarini tashlab qirg‘oq bo‘yida jon saqlashdi. Ularni shamol yo‘nalishining o‘zgarishigina qutqarib qola oldi.  

15. Garajdagi dvigatellar qoldig‘i. Ehtimol, bu yerda avtoservis bo‘lgandir. 

16. Mashinalar...

17. Barcha uylar yongan. Metall tomlar va avtomobil korpuslari qolgan.    

18. Eski “Yaguar”

19.

20.

21.

22. Bu sizga nimani eslatyapti?  

23. Afsus, shuncha mashina yonib ketibdi... Garaj shundoq yo‘l ustida ekan-a?!  

24.

25. 

26.

27. Boshqa uylar... Hech narsa qolmagan.

28. Uy ko‘rinishidan butunga o‘xshaydi, aslida u ham yonib ketgan.  

29. Bu yerda faqat toshlar qolgan.

30.

31. Tosh devorlargina omon qolgan.  

32. Yer hozir mana shunday ko‘rinishda.

33. Omon qolgan sigirlar!!!

34. Birgina yangi Janubiy Uels shtatida, taxminan, 480 million jonivor nobud bo‘lgan. Koalalarning uchdan bir qismi boshpanasiz qoldi. Biroq ayrim qush va qurbaqa turlari butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

35. Avstraliyaliklar omon qolgan, ammo suvsiz, ovqatsiz aziyat chekayotgan jonivorlarni izlashga kirishgan. 

35.

36. Eng yomoni, Avstraliyada yozgi mavsum yanvar-fevral oylaridan boshlanadi. Harorat yana ko‘tarilib ketishi mumkin.  

37. 

38. Yo‘l bo‘yidagi kuygan buta va daraxtlar kesib tashlanmoqda.  

39. Adelaid-Xillz hududida 80 ta uy yonib ketgan.  

40.

41.

42. Bu hududda 60 ta uzumzor va uzumni qayta ishlaydigan xo‘jaliklar faoliyat yuritardi. Uzumning ayni pishib yetilgan vaqti edi...   

43. Qisman bo‘lsa-da omon qolgan bu uzumzor 2021-yilga kelib hosil berishi mumkin.  

44.  Janubiy Avstraliyaning Kenguru orollari yong‘in markazlaridan biri bo‘lgan.  

Kenguru orollaridagi 5 yulduzli Southern Ocean Lodge mehmonxonasi 

Ilgari: 

Hozir:

Ilgari: 

Hozir:

45. Bu yerda ham ko‘plab jonivorlar nobud bo‘lgan. Olimlar ayrim turlarning kelajagidan xavotirlanishmoqda. Qora kakadularning birorta uyasi butun qolmabdi.

 46. 

47. 

48. Bir paytlar manzarali bo‘lgan yo‘llarning hozirgi ko‘rinishi.  

49.  

50

51.

Mana bir necha oydirki, Yangi Janubiy Uels shtatining yirik hududlari, O‘rta Shimoliy qirg‘oq bo‘ylari, Xanter hududi, Govkesbera, Vollondilla shaharlari, Sidney shahri atrofi, Havorang tog‘, Illavarra, Janubiy qirg‘oq kabi bir qator hududlar yong‘indan aziyat chekmoqda.   
Avstraliyadagi bu fojia butun insoniyatni qayg‘uga soldi. Ular hech bo‘lmasa “Bugun yong‘inlar bartaraf etildi”, degan jumlani eshitish ilinjida televizorlar va kompyuterlardan yangiliklarni, xabarlarni kuzatishardi. Ko‘pchilik moddiy yordam berdi. Aksariyati ko‘ngilli sifatida qutqarish ishlarida qatnashdi.     
Avstraliyadan ko‘tarilgan tutun Janubiy Amerikaga ham borib yetdi. Uni markaziy va janubiy Chili, Argentinadan turib ham kuzatish mumkin bo‘lib qoldi.     
Sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlar Avstraliya o‘rmonlarining katta qismi kuyib, kul bo‘lganligini, markaziy qismi esa sahroga aylanib qolganligini ko‘rsatgan. O‘rmonlar yonib ketgan bo‘lsa-da unda tirik qolgan jonzotlar ham bo‘lishi mumkin. Hech bo‘lmasa, o‘shalarni saqlab qolish maqsadida Avstraliya hukumati bu hududlarga vertolyotlar orqali sabzavotlar tashlashga buyruq berdi. 
Bugunga kelib bir necha oy davom etgan yong‘in o‘chirildi. Endi mintaqa infratuzilmasini me’yoriga keltirish, o‘rmonlarni qayta paydo qilish, hozirda butunlay yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan hayvonlar populyatsiyasini tiklash masalalari ko‘ndalang turibdi. Chunki, bu vaqt oralig‘ida  6,3 million gektar – 63 ming kvadrat metrni egallagan o‘rmon yonib, kulga aylandi. 25 kishi halok bo‘ldi, 6 kishining taqdiri hamon noma’lumligicha turibdi. 2500 inshoot, shundan 1300 turarjoy kultepaga aylandi. Milliarddan ortiq jonivor halok bo‘ldi, yaralandi. Havoga tarqagan karbonat angidrid miqdori esa 250 million tonnadan kam emas. Ayni paytgacha ko‘rilgan umumiy zarar 3,5  milliard dollarga baholandi. Minglab odamlar jonini saqlash uchun uylarini tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lishdi.
NASA o‘tgan haftada Avstraliya o‘rmonlaridan tarqagan tutun butun Yer yuzasi havosini deyarli o‘rab olganligi, uning natijasida Janubiy Amerika osmonining rangi o‘zgarganligi, Rossiya Federatsiyasining Osiyo qismiga ta’siri sezilayotganligi, yong‘in belgilari global fojia darajasida ekanligi haqida bayonot berdi. Shuningdek, mutaxassislar bu fojia sayyoramiz iqlimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda. Chunki tutun quyosh nurlarining to‘laligicha yerga yetib kelishiga xalaqit beradi. 
Avstraliyaning asl tabiatini qayta tiklash uchun esa kamida 100 yil kerak bo‘ladi.

Yong‘in bartaraf etildi. Uning kelib chiqishiga nima sabab bo‘lgandi?  

Global isish, havo haroratining haddan tashqari ko‘tarilishi va qurg‘oqchilik, chaqmoqlar, odamlarning beixtiyor yoki qasddan olov yoqishlari yong‘inlarning asosiy sababi, deb qaralmoqda.   
 
2019-yildagi ralli bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichi Avstraliyada o‘tkazilishi belgilangandi. Musobaqa belgilangan joy olov ichida qolganligi uchun chempionat qoldirildi.