Avtomobillarning hatto egalari ham bilmaydigan yashirin xususiyatlari

  • 13:12 / 30.03.2020
  • 1924

“SpeedMe” portali mutaxassislari ayrim avtomobillarda uchraydigan, biroq egalari bundan bexabar holda ishlatmaydigan yashirin funksiyalar ro‘yxatini tuzib chiqishdi. Quyida aynan shu afzalliklardan boxabar bo‘lishingiz mumkin.

Yonilg‘i baki qayerdaligini ko‘rsatuvchi belgi

Ko‘pincha avtomobil egalari yonilg‘i baki ko‘rsatkichini sezmay yuraverishadi. Uning vazifasi sizga transport vositasining qaysi tomonida benzin baki joylashganini ko‘rsatib berishdan iborat. Bu haqda asboblar kombinatsiyasida joylashgan uchburchak belgi orqali xabardor bo‘lishingiz mumkin.

Yonilg‘i baki qopqog‘ini tutib turuvchi moslama

Ko‘pchilik avtomobil haydovchilari yonilg‘i baki qopqog‘iga o‘rnatilgan plastik ushlagichni ko‘zdan qochirishadi. Bu moslama bakni to‘ldirayotganda qopqoqni yo‘qotib qo‘ymaslikka yordam beradi. Qopqoqni kuzov ustiga yopishtirib, bemalol bakni to‘ldirib olish mumkin. Boshqa mashinalarda esa qopqoqning ichki markazida qisqa plastik bo‘rtma mavjud, bu qopqoqni lyukning ichki qismidagi teshikka joylashtirish imkonini beradi. 

Muzlikdan ogohlantiradi

Ko‘plab zamonaviy avtomobillar yo‘l muzlab qolishidan ogohlantirib turadigan maxsus qurilma bilan jihozlangan. Agar tashqi harorat ma’lum darajadan pastga tushsa, displeyda qor shaklidagi belgi paydo bo‘ladi. Bu muz hosil bo‘lishi uchun havo yetarlicha sovib ketganini anglatadi. 

Haydovchi charchaganini ko‘rsatuvchi qurilma

Zamonaviy avtomobillarda haydovchi yo‘lga uncha e’tibor bermayotgani va qattiq charchaganidan ogohlantiruvchi funksiya ham mavjud. Haydovchi xato qilishni boshlaganda (masalan, yo‘l chiziqlarini bosib o‘tganda, yo‘lakdan chiqib ketganda) “Attention Assist” texnologiyasi ishga tushadi.
Bu tizim “Mercedes-Benz”, “Audi”, “BMW”, “Ford”, “Kia”, “Mazda”, “Volvo”, “Volkswagen” kabi eng so‘nggi rusum avtomobillariga o‘rnatilgan.

Yashirin bo‘linmalar

Zamonaviy avtomashinalarda qimmatbaho buyumlarni saqlash mumkin bo‘lgan ko‘plab yashirin hamyon va bo‘linmalar mavjud. Ularning joylashuvi mashina modeliga qarab farq qiladi. Ular ba’zan oyoq tomonga o‘yilgan, yuk bo‘lmasi yoki o‘rindiqlar ostiga o‘rnatilgan bo‘lishi ham mumkin. Yaqinda ishlab chiqarilgan ba’zi “Cadillac” avtomobillarida esa iqlimni boshqarish paneli orqasida yashirin tuynuk mavjud.

Avtoturargoh taloni ushlagichi

Ba’zi avtomobillar old oynasining ikki tomoni shaffof plastik qisqich bilan jihozlangan. Ular avtoturargoh talonini ko‘z oldingizda turishini ta’minlaydi. Talonni shu joyga qistirib qo‘ysangiz, hech kim sizni pul to‘lamagansiz deb to‘xtatib o‘tirmaydi.

Kalit ichidagi kalit

Mashinani kalitsiz ochish, ajoyib vosita. Biroq akkumulyator quvvati tugab qolsa, katta muammoga aylanadi. Yaqin atrofdagi servisga qo‘ng‘iroq qilishdan avval brelok ichiga qarang. U yerda mayda metall yoxud plastmassa kalit bo‘lishi kerak. Uni chiqarib olish uchun yashirin tugmani bosish lozim. Bu murvat oddiy avtomobil kaliti vazifasini bajaradi va eshikni ochish xususiyatiga ega.

Xizmat ko‘rsatish indikatorini tanlash

Agar egasi o‘z mashinasini ta’mirlab ko‘rgan bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish indikatorini qanday tiklashni bilishi shart. Turli xil modellar uchun internetda topish mumkin bo‘lgan bir necha usullar mavjud. Masalan, ba’zi “Renault” modellarida o‘t oldirish, gaz pedalini to‘liq bosib turish, tormoz pedalini uch marta tushirish va asboblar klasteridan kerakli xizmat ko‘rsatish tugmasini bosish kerak. 

Yuk bo‘lmasini masofadan turib ochish

Eng so‘nggi rusumdagi ba’zi avtomobil egalari yuk bo‘lmasini bamper ostiga yashiringan qurilmani oyoqlari bilan bosish orqali ochishlari mumkin.