Ba’zi jarimalar miqdoriga o'zgartirish kiritiladi

  • 11:08 / 12.08.2019
  • 206

“O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

Kodeksning 199-modda “Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar «uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

Bundan tashqari mazkur, modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilishi nazarda tutilmoqda. “Huddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi” deb o‘zgartish kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, 1285-modda “transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanishi uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi” birinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravari miqdorida jarima solishga” degan so‘zlar “yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan uch oygacha muddatga mahrum etishga” degan so‘zlar bilan almashtirilishi nazarda tutilmoqda.