Barcha uchun: Android’ning siz bilmagan yashirin imkoniyatlari

  • 09:28 / 09.05.2020
  • 1160

Android’da telefondan foydalanishni osonlashtiruvchi bir qancha usullar yashiringanligini bilasizmi? Bunday yashirin imkoniyatlar insonlarga gadjetdan foydalanishni osonlashtiradi va hayotingizni ma’lum ma’noda osonlashtiradi ham. Axir telefon hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurgan. Yashirin usullar Android 7 dasturi o‘rnatilgan samrtfonlar uchun to‘la mos keladi. Menyu punktlari va sozlamalari gadjetingizning modeli va tizimning versiyasiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Birdaniga ikkita ilovadan foydalanishingiz mumkin
Android 7 smartfonlarida ko‘p funksiyalar paydo bo‘lgan. Ulardan biri bir vaqtning o‘zida ikkita dasturlardan foydalana olishdir.
• Yaqin orada ochilgan ilovalarni namoyish qilish uchun menyu tugmasi bosiladi.
• Ulardan birining ustiga bosib turgancha yuqoriga suring. Ekranning yarmida yangi oyna ochiladi.
• Shundan so‘ng foydalanmoqchi bo‘lgan ikkinchi dasturni belgilang va uni pastga suring. Shu holatda siz ikkita dasturdan parallel ravishda foydalana olasiz.

Tugmaga teginmay ham ovozni o‘chirish mumkin
To‘satdan jiringlagan telefonning tovushini tez o‘chirish uchun ovozni nazorat qilish tugmasini qidirish shart emas. Bunda oddiy yengil birgina harakatning o‘zi kifoya.
• “Sozlamalar”ni oching va “Jestlar” bo‘linmasiga kiring.
• Shundan so‘ng “Ovozni o‘chirish uchun aylantirish” punktini faollashtiring.
• Qo‘ng‘iroq vaqtida faollashtirgan funksiyani sinab ko‘ring. Telefon yuzini pastga aylantirib qo‘ysangiz kifoya.

Zararli ilovalar uchun “vahima” rejimini faollashtiring
7.1 Android’lar uchun ishlab chiqaruvchilar “Vahima” rejimini tizimga kiritishgan. Uning yordamida odatiy usulda yopilishni istamagan ilovalarni yopishga, to‘xtatishga erishasiz. Ushbu foydali funksiyani faol holatga keltirishni “Ortga” tugmasi orqali amalga oshirish mumkin. Ushbu tugmaga bir necha marta ketma-ket bossangiz, “Vahima” ishga tushadi. Tizim o‘zi muammoli dasturlarni topadi, ularni yopib qurilmaga zarar keltirilishining oldini oladi. Ushbu yangi rejim smartfon tizimini buzishga mo‘ljallangan josus dasturlar bilan kurashish uchun ishlab chiqilgan edi.

Bildirishnomani qulflangan ekranda ham o‘chirish mumkin
Android 5.0 versiyasidan boshlab siz telefonni yoqmasdanoq smartfoningizga kelgan bildirishnomani o‘chirishingiz mumkin.
• Smartfoningizdagi “Sozlamalar”ning “Bildirishnoma” bo‘limiga kiring.
• Qulflangan ekranda ham bildirishnomani o‘chirish tugmasini faollashtiring.

Smartfonni tartib jadval bo‘yicha o‘chirib-yoqish mumkin
Android smartfondan foydalanishni chegaralashni ham o‘ylab qo‘ygan. Farzandingiz hadeb telefoniga chalg‘iyvermasligi uchun uni ma’lum jadval bo‘yicha o‘chirib-yoqishga sozlashingiz mumkin. Buning uchun:
• “Sozlamalar”ning “Qo‘shimcha” bo‘limiga kiriladi.
• U yerdan “Jadval bo‘yicha yonib-o‘chirish” punkti bosiladi va faollashtiriladi. U yerda o‘zingiz istagan soatni kiritib, qurilma qachon ishlashini belgilashingiz mumkin.
• Kerakli raqamlar kiritilgach, funksiya faollashadi.

Mini-oynalarni faollashtiring
Ekrandagi mini-oynalar “vidjetlar” deb ataladi. Ular ilovalarning mini oynasi bo‘lib, ular muhim bildirishnomalarni asosiy ekranning o‘zida ko‘rish imkoniyatini beradi. Ular yordamida menyuga kirmasdanoq ma’lum bir dasturni tez ocha olasiz. Faollashtirish uchun esa:
• Start oyna ochilishi uchun qurilma ekraniga bosib turiladi va ekranda tegishli ro‘yxat paydo bo‘ladi.
• O‘zingizga kerakli bo‘lgan ilova tanlanadi va ekranning kerakli qismiga o‘rnatiladi. Buning uchun vidjet ustiga bosib, uni surish mumkin.

“Mehmon keldi” rejimini yoqing
Agar siz telefoningizni biror kimsaga berib turadigan bo‘lsangiz, ushbu rejimni, albatta, faollashtirishingiz kerak. Shunda “mehmon” shaxsiy ma’lumotlaringizga kira olmaydi.
• Smartfon ekrani bo‘ylab barmog‘ingizni tepadan pastga yurgizing. Ekranda Android ilovalar paneli ochiladi.
• Chap yuqori burchakdagi foydalanuvchi tugmasiga bosing-da va “Mehmonni qo‘shish” tugmasini tanlang. Mana shundan keyin smartfoningiz yangi rejimga o‘tadi va ushbu rejimdan chiqish uchun ham yuqorida aytilgan vazifalar bajariladi.
 
Android gadjetingizning ovozini ta’bingizga qarab moslashtiring
Hozirda har bir Android samrtfonda ichki ekvalayzer mavjud. Uning yordamida qurilmaning ovozining sozlash mumkin.
• “Sozlamalar”ga kirib, “Tovush va vibratsiya” degan bo‘linmaga kiriladi.
• Barmoq bilan pastga harakatlangancha, “Audio Tuner” bo‘limini toping. Undagi sozlamalarni ta’bga qarab o‘zgartirishingiz mumkin.

Dasturlarni jestlar yordamida faol holatga keltirish
Jetlar yordamida nafaqat smartfonning ovozini o‘chirish mumkin, balki istalgan ilovani faollashtirish ham mumkin. Masalan, smartfon ekraniga V, S, W yoki dumaloq chizib, kamerani ochishingiz mumkin.
• Gadjetingizning sozlamalaridan “Jestlar” bo‘limini toping.
• Ro‘yxatni oxirigacha tushirib, undagi barcha jestlar bilan tanishib oling. Ulardan ma’lum jestni ma’lum dasturga moslab tanlash kifoya.