Yangi yil dasturxoni uchun: sochiqlarni chiroyli taxlashning 11 usuli (fotogalereya)

  • 09:26 / 15.09.2021
  • 34

Bayram dasturxoni nafaqat bir-biridan mazali taomlar bilan to‘lishi, balki chiroyli bezatilgan bo‘lishi ham kerak. 
Shu sabab, barcha uy bekalari yangi yil dasturxonining bezatilishiga alohida e’tibor berishadi. Har qanday dasturxonni chiroyli bezatilgan sochiqlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular nafaqat ovqatni iste’mol qilish vaqtida foydalanish uchun qulay, balki bayram dasturxonining ko‘rinishni bezashi ham mumkin. Yoki aksincha, tartibsiz qilib stol ustiga qo‘yilgan sochiq yaxlit ko‘rinishni buzadi. Quyida uy bekalariga ushbu masalada ko‘maklashamiz.
Buni amalga oshirish uchun uzundan-uzun matnni o‘qish shart emas, bor-yo‘g‘i rasmni diqqat bilan ko‘zdan kechirishingiz talab etiladi. Sochiqlar rasmda ko‘rsatilgan tartibda taxlansa bas.