Belbogʻli kurash: polvonlarimiz jahon chempionatida 10 ta medalga ega boʻlishdi 

  • 13:16 / 30.11.2019
  • 57

Joriy yilning 27-28-noyabr kunlari Qozogʻistonning Nur-Sulton shahrida belbogʻli kurash boʻyicha (borba na poyasax) 1999-2001-yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobfqada 20 dan ortiq davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Ushbu jahon chempionatida oʻgʻil bolalar 57, 62, 68, 75, 82, 90, 100 va +100 kg vazn toifalarida, qizlar esa 48, 52, 58, 66, 76 hamda +76 kg vazn toifalarida gʻoliblik uchun bellashishdi.

Musobaqada kurashchilarimiz Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi raisi, xalqaro belbogʻli kurash federatsiyasi (IBWA)ning vitse-prezidenti Ravshan Dastirov (delegatsiya rahbari), belbogʻli kurash boʻyicha milliy terma jamoa bosh murabbiyi Usmonjon Mahamatov boshchiligida ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, polvonlarimiz mazkur jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilib, yakunda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi va kuchlilar qatoridan joy oldi.

Quyida gʻolib va sovrindorlar roʻyxati bilan tanishing:

Oltin medal
48 kg. Bibigaoʻxar Polatbayeva (Qoraqalpogʻiston)

Kumush medal
+76 kg. Nasiba Abdalova (Qoraqalpogʻiston)
68 kg. Xolmirza Hasanboyev (Toshkent)

Bronza medal
62 kg. Muxtorjon Ahmadjonov (Namangan)
66 kg. Shoira Qalandarova (Xorazm)
68 kg. Anvarbek Rahimov(Buxoro)
75 kg. Sardorbek Madaminov (Andijon)
82 kg. Ziyodilla Tursunboyev (Namangan)
100 kg. Nodirbek Ahatjonov (Toshkent)
+100 kg. Sanjar Tursunaliyev (Toshkent v.)