Benjamin Mendi jamoadoshi bilan bo‘lgan voqea yuzasidan AFAga rasmiy xat yo‘lladi

  • 16:33 / 28.09.2019
  • 436

«Manchester Siti» himoyachisi Benjamen Mendi Angliya futbol assotsiatsiyasiga jamoadoshi Bernardu Silva bilan bo‘lgan voqea haqida ma’lumot bergan holda rasmiy xat yo‘lladi, deb yozadi The Times.

Avvalroq portugaliyalik yarimhimoyachi Mendini ispan shokoladining maskotiga (qora rangda) o‘xshatib, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgandi. AFA esa Bernarduni irqchilikda ayblab, tergov boshlagandi.

Mendi AFAga yo‘llagan maktubida kulgili twit uni xafa qilmaganligini va Silvani jazolamaslik kerakligini so‘ragan.

Silva hamda Mendi 2016-yildan beri birga o‘ynashadi, o‘shanda ikkala futbolchi ham «Monako»da to‘p tepishardi.

Teglar