Bilim olishga xalaqit beradigan 6 bahona

  • 21:14 / 03.09.2019
  • 1174

O‘qish qimmat, zerikarli va vaqtni behuda sarflash deb o‘ylaydiganlar uchun.

Ta’lim olish nafaqat martaba, balki hayotdagi burilish nuqtasi bo‘lishi ham mumkin. Ko‘pchilik malaka oshirish kurslarini tugatgandan so‘ng, o‘ziga yoqmagan ishdan ketish yoki faoliyat doirasini o‘zgartirish uchun jasoratga ega bo‘ladi va ko‘pincha lavozimga ko‘tariladi. Shunga qaramay, ba’zilar o‘qishni “yana bir yilga kechiktirishga” moyil, ba’zilar esa yuksalish sari qadam qo‘yishga jur’at etmaydilar.

Quyida yangi bilimlarni olish borasidagi bahonalarni, buning orqasida qanday qo‘rquv borligini va ularni yengish uchun nima qilish kerakligini aniqlaymiz.

1.  Menda o‘qish uchun vaqt yo‘q

O‘qish bizning hayotdagi to‘yingan ritmimizni shunchaki chidab bo‘lmas holga keltiradi, deb qo‘rqamiz. Har kimning o‘z ishi, oilasi va sevimli mashg‘ulotlari bor. Xo‘sh, unda qachon o‘qish kerak? Aslida vaqtimiz bor, agar biz qilayotgan ishlar biz uchun haqiqatdan ham muhim bo‘lsa.

Ko‘pincha bu bahonaning orqasida kurashishdan qochish qo‘rquvi yotadi. Biz kutganimizdan voz kechishdan, yangi majburiyatni qabul qilishdan va uni oxirigacha yetkazishdan qo‘rqamiz. Natijada nomukammalligimiz hamda muvaffaqiyatsizliklarimizni fosh etamiz.

Nima qilish kerak?

•  Savolingizga aniq javob bering: nima uchun sizga o‘qish kerak va u sizga nima beradi?

•  Asosiy maqsadni shakllantiring: Buni SMART tizimiga ko‘ra amalga oshirish eng qulay va samarali usuldir. Ya’ni maqsad aniq (specific), o‘lchanadigan (measurable), erishsa bo‘ladigan (achievable), ahamiyatli (relevant) va ma’lum vaqtga bog‘liq (time bound) bo‘lishi kerak. Masalan, men 2019-yilning dekabriga qadar ishlab chiqaruvchi lavozimi bilan 2000 dollar ish haqiga ega bo‘lmoqchiman.

•  Istaklaringizga ishonch hosil qiling: avvalo, o‘zingizda qiziqish bo‘lsin. Turmush o‘rtog‘ingiz yoki onangiz emas, siz o‘qiysiz. Harakatni boshlang, misollardan ilhom oling. Shunda o‘qish uchun vaqt topish osonroq bo‘ladi.

2.  Mashg‘ulot mening martabamga yordam berishi dargumon

Odatda, ko‘pchilikka bir vaqtlar o‘qishga harakat qilgan, ko‘p kuch va pul sarflagan, ammo kerakli natijalarga erisha olmagan va hafsalasi pir bo‘lganday tuyuladi. Unutmang, qilingan harakatlar behuda ketmaydi. 

Nima qilish kerak?

O‘qish joyingizni qat’iy tanlang. Bozorda juda ko‘p ta’lim mahsulotlari mavjud, lekin ularning ahamiyati haqida savol tug‘iladi: istalgan bilimni bera oladimi”.
O‘qish joyini tanlashdan oldin u yerdagi bitiruvchilar, o‘qituvchilar bilan suhbatlashing, o‘quv dasturi bilan tanishing. Shuni yodda tutingki, muvaffaqiyatga erishishning asosiy siri – bu sizning kuchli xohish va g‘ayratingiz. Bular bo‘lmasa, sizga hech qanday o‘quv kurslari yordam berolmaydi.

3.  O‘qish juda qimmat

Ko‘pchilik ta’limni faqat universitetlar bilan bog‘laydi. Universitetdan tashqarida bilim olishning ko‘plab usullari mavjud bo‘lsa-da, biz yaxshi ma’lumotni faqatgina nufuzli Universitetlarda olishimiz mumkin, deb ishonamiz. 

Nima qilish kerak?

Barchasi maqsadga bog‘liq: ba’zida ikkinchi darajani olish mantiqiy bo‘ladi. Masalan, agar siz butun umr dasturchi bo‘lib ishlagan bo‘lsangiz, birdan psixolog bo‘lishga qaror qilib qolasiz. Bunda ko‘pincha qisqa muddatli kurslar yetarli. Siz bepul narsalarni o‘rganishingiz mumkin. Agar ichki motivatsiya zaif bo‘lsa, hatto eng qimmat mashg‘ulotlar ham kerakli natijalarni bermaydi. Shunday qilib, siz quyidagilarni boshlashingiz kerak:

•  O‘qish istagingiz borligiga va bu qaroringiz o‘zgarib qolmasligiga yana bir bor ishonch hosil qiling.
•  Ta’lim uchun qancha mablag‘ sarflashga tayyor ekanligingizni tushunib oling.
•  Miqdor to‘g‘risida qaror qabul qilib, bozorni o‘rganib chiqing va mos taklifni toping.

4.  Menda yetarli bilim bor

Nomukammalligimizni tan olish biz uchun juda qiyin bo‘lishi mumkin. Faqatgina mukammal emasligimizni anglash uchun harakat qilish kerak. Men hamma narsani bilaman, deyarli 40 yoshdaman, bo‘limni boshqaraman, nima uchun o‘qishim kerak? kabi savollar paydo bo‘ladi va hammasi yaxshi, degan fikr bilan o‘zimizni aldaymiz. Biz o‘rganishdan qo‘rqamiz. Ko‘pchilik uchun bundan yomonroq narsa yo‘q.

Nima qilish kerak?

Agar siz o‘qishga yoki malaka oshirishga borsangiz, bu sizning biror narsani bilmaydigan yomon xodim ekanligingizni anglatmasligini tushuning. Bu sizni rivojlantiradi va bilimlaringizni takomillashtiradi. 

Xatolarga yo‘l qo‘yish qo‘rqinchli emas, ammo zarurligini payqashingiz bilan mashg‘ulotlarni boshlang. Bu o‘sishning kaliti va uning asosiy belgisidir.

Jarayonning zavqini tekshiring. Agar birinchi urinishda natija bermasa, o‘zingizni ayblamang.

5.  Men qaysi yo‘nalishda o‘qishni bilmayman.

Biror narsani o‘zgartirish istagingiz bor, lekin aniq nima ekanligini bilmayapsizmi? Boshqa kompaniyaga o‘tish, kasbingizni o‘zgartirish yoki shunchaki dam olish. Biror nima o‘rganishni boshlashdan oldin uni tushunish juda muhim, aks holda noto‘g‘ri yo‘nalishni tanlab qo‘yish xavfi mavjud.

Nima qilish kerak?

Hozir qilayotgan ishingiz sizga yoqadimi yoki yo‘qmi? Kun oxirida qoniqish his qilasizmi? Muvaffaqiyatingiz sizga quvonch keltiradimi, ishda shaxsiy fazilatlarni ko‘rsatyapsizmi? Agar javob "ha" bo‘lsa, sizning keyingi rivojlanishingizdan darak bor. Agar javob “yo‘q” bo‘lsa, ehtimol biror narsani o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Hayotda qanday qilib ish topish kerakligi alohida masala. Biroq siz ish va boshqa majburiy darslar bo‘lmaganida bo‘sh vaqtimni qanday o‘tkazar edim degan savolni o‘zingizga bering.

6.  O‘qish men uchun emas. Bu qiyin va zerikarli

Qoidaga ko‘ra, bu bahona ortida katta va murakkab vazifani bajarishni istamaslik yotadi. Bu qo‘rquv ko‘pchilikka xos. Har qanday ob-havoda og‘ir portfel ko‘tarib yurish, zerikarli darslarni o‘tkazishga majbur qilgan maktab yillari haqida hali ham yaxshi eslaymiz.

Nima qilish kerak?

Voyaga yetgandagi bilim olish bolalik davridagi o‘qishdan tubdan farq qilishiga ishonch hosil qiling. U faoliyatingizda olg‘a siljishga yordam beradigan bilimlardan tashqari, yangi do‘stlar va foydali aloqalar uchun ajoyib imkoniyatdir.