Bir o‘zi 1000 ta oddiy batareyaning o‘rnini bosa oladigan yangi akkumulyator yaratildi  

  • 10:56 / 21.02.2020
  • 128

Birgina AQShning o‘zida har yili 3 milliard batareya chiqindiga tashlanar ekan. Boshqa tadqiqotlar esa har bir oila yiliga o‘rtacha 50 ta batareya ishlatishini ko‘rsatgan. Litiy-ionli batareyalar hamon bozorlarda yetakchilik qimoqda va unga bo‘lgan talab oshib borayapti.

Afsuski, ular atrof-muhit uchun zararli. Shuning uchun ko‘pgina kompaniyalar, ehtimol bu masalaning ijobiy yechimi akkumulyatorlardan foydalanish bo‘lar, degan xulosaga kelishyapti. Ayni shu sabab yaqinda bozorlarda doimiy 1,5 V quvvatga ega bo‘lgan Tenavolts AA va AAA akkumulyatorlari sotuvga chiqarildi.
 
“Biz Tenavolts AA va AAA akkumulyatorlarini yaratdik. Ularning har biri 1,5 V doimiy kuchlanish bilan ta’minlay oladi. Tenavolts’ning har bir akkumulyatorini 1000 marta ishlatish mumkin va uni quvvatlantirish uchun salkam 2 soat vaqt kerak bo‘ladi”, deya ta’kidlaydi  Fujian Nanping Nanfu Battery kompaniyasining vakili Ley Dong.   
Akkumulyator haddan tashqari kuchlanish hamda qizishdan himoyalovchi maxsus plastinka bilan ta’minlangan. Innovatsion draver esa ehtimoliy qisqa tutashuvlarni bartaraf qiladi.   

“Innovatsiyalar akkumulyatorlar bilangina cheklanib qolmaydi. Biz, shuningdek, maxsus zaryadlovchi USB-moslamasini ham yaratdik-ki, uning yordamida iste’molchi batareyalarini istalgan joyda quvvatlantirib olishi mumkin, – deya yana so‘zida davom etdi Ley Dong. – Ko‘p odamlar oldingidek bir martalik batareyalardan foydalanmoqda. Biz ularga muntazam foydalanadigan qurilmalari uchun litiyli akkumulyatorlar texnologiyasiga o‘tish vaqti kelganligini tushuntirishni istaymiz. Qolaversa, Tenavolts 1000 ta bir martalik batareyalar kuchiga teng”.