Bir sutkada 101 nafar fuqaro karantin qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortildi 

  • 17:50 / 26.03.2020
  • 139

25-mart kuni Toshkentda IIBB xodimlari karantin rejimi qoidalarini buzgan 101 nafar fuqaroni ushladi. 

Ta’kidlanishicha, niqobsiz jamoat joylariga chiqqan 66 kishi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 53-moddasi (Sanitariya qoidalarini buzish) bilan jarimaga tortilgan.

Shuningdek, 35 nafar fuqaro uy karantinidan o‘zboshimchalik bilan ko‘chaga chiqqan. Ushbu fuqarolarga ham yuqorida ta’kidlangan kodeksning 54-moddasi (Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jarima belgilangan.

“Hurmatli toshkentliklar va poytaxt mehmonlari! Sizni karantin rejimi qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashning samaradorligi har jihatdan o‘zimizga bog‘liq. O‘zingiz va atrofdagilaringizni ehtiyot qiling!”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishi haqida xabar bergandik.