Bir yo‘la 10 ta rektor lavozimidan ayrildi

  • 17:50 / 14.02.2020
  • 678

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar:

•  Alisher Yusubjanovich Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shavkat Safarovich Sharipov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

•  Shavkat Safarovich Sharipov Jizzax davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Abdugani Jumanazarovich Xolbekov ushbu lavozimdan ozod qilindi. 

•  Baxodir Boypulotovich Sobirov Navoiy davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Baxtiyor Xudayberdiyevich Daniyarov ushbu lavozimdan ozod qilindi. 

•  Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov Namangan davlat universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Muzaffar Xoshimovich Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.

•  Botir Shukurillayevich Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shuxrat Axmadjanovich Mutalov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

•  Azamat Muxitdinovich Shamsiyev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

•  Jasur Alimdjanovich Rizayev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent davlat stomatologiya institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

•  Orifjan Shadiyevich Bazarov Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nazirila Nasimxanovich Maxmudov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

•  Sharibboy Tulanovich Ergashev Namangan muhandislik-qurilish institutining  rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Shukurjon Sharipovich Kenjaboyev ushbu lavozimdan ozod qilindi.

•  Mamirjon Yusupovich Atadjanov Qo‘qon davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Azizjon Gʻulomjonovich Eminov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

•  Abdullajon Kadirovich Xamrakulov Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali ijrochi direktori - Filial direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.