Birinchi yoki oxirgi: qaysi qavatda yashash yaxshiroq?

  • 20:31 / 02.12.2019
  • 65

U yoki bu variantda toʻxtalishdan oldin ikkalasining ham afzalliklari va kamchiliklari haqida bilib olgan yaxshi. 

Shovqin darajasi, havo tozaligi, salomatlik holati va hatto, odamning shaxsiy odatlari – yangi uyning yoqimsiz syurprizga aylanmasligi uchun koʻchib oʻtishdan oldin hisobga olish kerak boʻlgan jihatlardir.

Birinchi yoki oxirgi qavatdan kvartira sotib olish qulay hayot kechirish borasida muhim qarordir.

Pastki qavat

Картинки по запросу последний этаже

Afzalliklari

Bunday kvartiralarning narxi bozordagi oʻrtacha narxdan 5-10% pastroq boʻladi. Agar oilangizda qariyalar, imkoniyati cheklanganlar yoki yosh bolalar boʻlsa, pastki qavatni tanlang. Birinchidan, lift buzilib qolganida uyga yetib olish qiyin emas, ikkinchidan, yongʻin boʻlib qolsa, chiqish oson. Koʻchib oʻtuvchilardan kimdir klaustrofobiya (yopiq makonlarda qoʻrqish) yoki akrofobiya (balandlikdan qoʻrqish)dan aziyat cheksa, birinchi-uchinchi qavatlar eng optimal variantlar boʻla oladi. Kvartira egalari lift uchun toʻlov qilmasliklari ham mumkin. Daraxtlar transport ovozi va changdan himoya qiladi. Suv toshishi yuz bergan vaziyatda pastki qavatdagi qoʻshnilardan qoʻrqish holati boʻlmaydi. Koʻpchilik birinchi qavatdan tijoriy maqsadlarda ham kvartira olishi mumkin. Uyingizga texnika va ogʻir buyumlarni olib chiqish qiyin boʻlmaydi.

Kamchiliklari

Derazalar qarshisidagi daraxtlar havo tozalashga yordam berishi mumkin, ammo quyosh nurini ham oʻtkazmaydi, bu esa xonalarning qorongʻi boʻlishiga sababdir. Bunday sharoitda devorlarda, yumshoq mebellarda zamburugʻlar oʻrnashib oladi. Natijada uy egalarida surunkali kasalliklar, shamollash kuchayadi. Yaxshisi derazalarni doimiy ochib qoʻyish va iloji boricha koʻproq uyni tozalab turish lozim. Yertoʻlaga yaqinligi uchun birinchi qavatda hasharotlar va mayda kemiruvchilar koʻp uchraydi. Avtomobillar eshigining qars-qursi hamda changi – yana bir kamchilik. Uy atrofi koʻkalamzor boʻlsa-da, u havoning butunlay tozaligiga kafolat bermaydi. Agar atrofingizdagi kvartiralar tijoriy maqsadlarda foydalanilayotgan boʻlsa, masalan, kafe yoki oziq-ovqat mahsulotlari doʻkonidan hid kelishi mumkin. Oʻgʻrilardan himoyalanish uchun derazalarga panjara qoʻyishingiz lozim, bu esa tashqaridagi manzarani buzish bilan birga, xonalarni yana-da qorongʻilashtiradi.


Yuqori qavat

Картинки по запросу Первый или последний: на каком этаже лучше жить

Afzalliklari

Havoning iflosligi va transport shovqini yuqori qavatlarda ancha kamayadi. Bunday xonadonlarga quyosh nuri erkin tushadi. Tepa qavatda baland gaplashadigan va yuradigan qoʻshnilar boʻlmaydi. Suv oʻtmaydi. Agar qarshingizda koʻp qavatli bino boʻlmasa, derazadan ajoyib manzara koʻzingizni quvontirishi mumkin. Bu psixologik va emotsional balans uchun juda muhim. Yuqori qavatlarga hasharotlar yetib bormaydi, shuning uchun derazalarni istalgan vaqt ochib qoʻyish mumkin. Zamonaviy uylarda kommunikatsiyalar tom ostiga joylashtirilmoqda, shu tufayli baland qavatlarda suv bosimi ham, isitish tizimi ham pastki qavatlarga nisbatan ancha yaxshi boʻladi.

Kamchiliklari

Yuqori qavatlardagi uylarning narxi oʻrtachadan baland, ammo toʻlagan pulingizni oqlaydi. Yuqori qavatlardagi derazalarga panjara qoʻyilmaydi, lekin oʻgʻrilar baribir tomdan kirishi mumkin. Yongʻin holatida chiqib ketish juda qiyin. Ammo vertolyot orqali yordam berishlari ham mumkin, demak, oxirgi boʻlib evakuatsiya qilinmaslikning ehtimoli katta. Lift buzilishi katta noqulaylik tugʻdiradi: zinadan tushib-chiqishga koʻp vaqt ketadi. Balandlikda binoning tebranishi kuchli boʻladi. Bu me’yordan oshib ketsa, miya faoliyati va asab tizimiga salbiy taʼsir qiladi. Bunday hollarda uy egalarida psixik buzilishlar paydo boʻlishi, tushkunlik hissi va bosh ogʻriqlari kuchayishi mumkin.