Birja: Hafta davomida 3,2 milliard so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

  • 15:38 / 03.03.2020
  • 171

2020-yilning 24-fevral – 1 mart kunlarida “O‘zRTXB” AJ da 1 112,5 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 464,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 998,4 mlrd. so‘mdan 974,5 mlrd. so‘mgacha kamaydi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 895,0 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Eksport tarkibida polietilenning ulushi 77 foiz, paxta chigiti shroti 18 foiz va boshqa mahsulotlarning ulushi 10 foizni egallashdi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 64,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 70,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ining tejalishi 17,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 716 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi.