Birja: Hafta davomida eksportning 90 foizini neft va polietilen tashkil qildi

  • 19:36 / 23.12.2019
  • 258

2019-yilning 16-22-dekabrlarida “O‘zRTXB” AJ da 993,9 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 10 foizga ko‘pdir. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 26 foizga o‘sib, 476,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 762,9 mlrd so‘mdan 871,0 mlrd so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi 851,8 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Eksportning tarkibida polietilen ulushi – 67 foiz va neft mahsulotlari ulushi – 33 foizni egallashdi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 22,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 4,5 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 19,7 foizni egalladi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 96,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 22,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 729 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 21,8 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga 48,0 foiz ikkinchi va 30,2 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.