Birja: Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 70,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi

  • 18:19 / 21.01.2020
  • 213

2020-yilning 13 – 19-yanvarlarida “O‘zRTXB” AJ da 953,9 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 33 foizga ko‘pdir. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 39 foizga o‘sib, 377,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 671,5 mlrd. so‘mdan 842,7 mlrd. so‘mgacha oshdi. 

Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 830,6 ming AQSh dollarni tashkil etdi. Eksport tarkibida polietilen mahsulotlarning ulushi 41 foiz, paxta tolasi 41 foiz va texnik moylarning ulushi 18 foizni egallashdi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 174 foizga o‘sib 70,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 9,9 mlrd. so‘mga yetdi, yoki tuzilgan bitimlarning 14 foizni egalladi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 37,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2,3 marotabaga o‘sdi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 9,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 781 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 19,3 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga 49,6 foizi ikkinchi va 31,1 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.