Birjaning elektron tijorat savdo tizimiga bo‘lgan qiziqish keskin oshgan – O‘zRTXB

  • 21:44 / 20.04.2020
  • 171

2020-yilning 1-choragi yakunlariga ko‘ra “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ da tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 12 336,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi va 2019-yilning 1-choragiga nisbatan 33,7 foizga o‘sdi. 
 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2019-yilning mos davri bilan solishtirganda 21,5 foizga o‘sib, 5 084,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shu jumladan, tadbirkorlar birja orqali 3 370,9 mlrd. so‘mlik tovar resurslarini xarid qilib, 1 713,6 mlrd. so‘mlik mahsulot sotdilar. 
 
Birja savdolari orqali 10 810,5 mlrd. so‘mlik tovarlar sotilib, o‘sish 30,1 foizni tashkil etdi. Sotuvchi korxonalar savdolar davomida real bozor narxlarining shakllanishi evaziga 583,5 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha daromad olishdi va bu 2019-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 21,9 foizga ko‘pdir.
 
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida elektron davlat xaridlari bo‘yicha 786,6 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzilib, o‘sish darajasi 36,1 foizni tashkil etdi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarining mablag‘larini tejalishi 74,5 foizga o‘sib, 179,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi. 
 
Ko‘rgazma-yarmarka savdolarining hajmi 2,3 marotabaga o‘sib, 696,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu o‘z navbatida tadbirkorlarning birjaning elektron tijorat savdo tizimiga bo‘lgan qiziqishlari keskin oshganligidan dalolat beradi.
 
Shuningdek birjaning onlayn-auksionida 43,2 mlrd. so‘mlik avtoraqamlar sotildi va bu o‘tgan yilning 1-choragiga nisbatan 19,2 foizga ko‘pdir.
 
Birja orqali eksport qilingan tovarlarning umumiy qiymati 19,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.