Biz doimo ortiqcha pul to‘laydigan 8 ta narsa

  • 00:14 / 09.11.2019
  • 1346

Ko‘pchiligimiz har kuni amalga oshiradigan ba’zi bir xaridlar faqat hamyonimizni shilishdan boshqa narsaga yaramaydi. Factinteres Online jurnali biz ortiqcha pul to‘layotgan narsalarning 8tasini birlashtirib ro‘yxat tuzib chiqdi

Ular bilan tanishib chiqish hech kimga zarar qilmaydi, albatta.

Qahvaxonalardagi qahva

Картинки по запросу виды кофе в кофейнях

Bugungi kunda har qanday (kichik) shaharda bir nechta qahvaxonalar bor. Hamma biladiki, bunday muassasalarda barcha qonun-qoidalarga muvofiq tayyorlanadigan sifatli qahvalar bor. Biroq, bu yerlardagi bir finjon qahvaning narxiga ro‘zg‘or uchun boshqa kerakli narsa olish mumkin. 

Agar siz chindan ham sifatli qahvaning shaydosi bo‘lsangiz, pulingizni har kuni qahvaxonalarga sarflayvermay uyingiz uchun qahva tayyorlaydigan mashina sotib oling. Unda istaganingizcha ancha arzon va sifatli qahva tayyorlab ichaverasiz. 

Internet va aloqa uchun tarif rejalari

Ko‘plab odamlar cheksiz tarif rejalaridan foydalanishni afzal ko‘radi. Bu qulay, ammo sizni ko‘p pul sarflashga majbur qiladi. Undan ko‘ra, oyiga qancha daqiqa-yu megabayt sarflashingizni aniq hisoblab chiqqaningiz yaxshiroq. Chunki, bu orqali anchagina pulni tejash mumkin. Buning uchun faqat bitta aloqa kompaniyasi xizmatlaridan foydalanavermay boshqalarini ham ko‘rib chiqish kerak. 

Oziq-ovqatlarni yetkazib berish

Картинки по запросу Доставка еды

Ba’zi-ba’zida o‘zgacha taomlar uchun yetkazib berish xizmatidan foydalanishni tushunsa bo‘ladi. Lekin har kuni bu xizmatdan foydalanayotgan bo‘lsangiz hamyoningizga katta zarar yetayotganini anglash vaqti keldi. Men tekin yetkazib berish xizmatidan foydalanaman desangiz adashasiz. Chunki, ko‘pincha bu xizmat puli ovqat puliga qo‘shib yuborilgan bo‘ladi. Yaxshisi, dangasalik qilmasdan bu ishni o‘zingiz bajaring. 

Suv 

Yaxshigina pul evaziga oddiy suv sotadigan brendlar mavjud. Narxi yuqori bo‘lgan suvni foydali deb o‘ylamang. Do‘kon peshtaxtalariga terib qo‘yilgan idishlarga ko‘pincha oddiy ichimlik suvi quyilgan bo‘ladi. Ularga bekorga pul sarflashni istamasangiz uyda suv filtrini o‘rnating. Ana shunda arzon va sifatli suv ichasiz.  

Kredit kartasi

Картинки по запросу Кредитная карта

Bir qarashda, kredit karta qulay bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Biroq, ushbu kartadagi puldan foydalanib ortiqcha foizlar to‘lashga majbur bo‘lasiz. Bor pulingizni tejab ishlatishga odatlaning (oddiy qilib aytganda ko‘rpangizga qarab oyoq uzating). Ana shunda ortiqcha pul to‘lashga majbur bo‘lmaysiz. 

Sug‘urta

Bugun har qanday narsani sug‘urta qilish mumkin. Sug‘urta kompaniyalari esa turli reklamalar bilan hamma narsani sug‘urtalashni taklif qilaverishadi. Ularning gaplariga “uchmasdan” o‘zingiz uchun aynan qanday sug‘urta kerakligini aniqlab oling. 

Brendli taom

Shuni tushunish kerakki, har doim ham brendli oziq-ovqatlarning sifatiga kafolat berib bo‘lmaydi. Yorqin qadoqda va g‘oyat ajoyib shiorlar yozib sotilayotgan narsalar yaxshigina qimmat bo‘ladi. Lekin ularning sifati haqida har doim ham iliq fikr bildirib bo‘lmaydi. Haqiqatan ham pulingizni tejamoqchi bo‘lsangiz, brend mahsulotlar yonida sotiladigan, nomi chiqmagan narsalarga e’tibor qaratib, sifatini taqqoslab ko‘ring. Ular ancha arzon bo‘lishi bilan birga yaxshigina sifatli bo‘lishi ham mumkin.

Yangi avtomobil

Похожее изображение

Ko‘pchilik, har 3-5 yilda mashinani o‘zgartirish kerak, deb hisoblaydi. Biroq, bu har doim ham yangi mashina eskisidan yaxshiroq bo‘ladi, degani emas. 

Teglar