Biz ko‘p qo‘llaydigan “smaylik”lar tarixidan

  • 22:04 / 14.01.2020
  • 373

Arxeologlar Turkiya janubidagi Qorqamish shahri hududidan topilgan ko‘zaning eramizdan oldingi 1700-yilga taalluqliligini aniqlashdi. Unda “smayl”ni eslatadigan surat bor.

Smiley-pitcher.jpg

Ingliz shoiri Robert Xerrik 1648-yilda yozgan “Taqdirga” nomli she’ridagi “Men o‘z xarobalarimda o‘tiraman va jilmayishda davom etaman” satrlaridan keyin qavs ichiga 2 nuqta qo‘ygan. Bu ham “smayl”.  

01A9Q9H0.jpg

Chexiyaning Jdyar-nad-Sazavou hududida yashab o‘tgan abbat Bernard Xennet 1741-yildagi qo‘lyozmalariga tabassumni eslatuvchi belgi chizgan.
 
Hozirgi “smaylik”ga o‘xshagan belgi mahalliy hokimiyatning 1635-yilgi moliyaviy holati haqida slovakiyalik notarius yozgan hisobotda ham qo‘llanilgan. U imzosining yoniga kulib turgan chehrani chizib qo‘ygan.
 
1919-yilda AQShning yo‘l qurilishi uchun texnika ishlab chiqaruvchi Buffalo Steam Roller kompaniyasi kulib turgan chehra hamda rahmat so‘zlari aks etgan kvitansiya bera boshlagan.
 
Amerikaning “Lili” filmini targ‘ib qiluvchi piar-kompaniya 1953-yilda “smayl”larni eslatuvchi turli emotsiyali tasvirlardan foydalanishgan. 

GettyImages-1014182500.jpg

1962-yilda Nyu Yorkdagi WMCA radiostansiyasining reklama kompaniyasi faol tinglovchilariga sariq futbolkalar tarqatgan. Kiyimda kulib turgan “smaylik” aks etgan bo‘lib, faqat tabassumning og‘ish burchagi boshqacharoq yo‘nalishda edi.  

AP_98071301661.jpg

1963-yil. Hozirda qo‘llanilayotgan zamonaviy “smayl”lar paydo bo‘ldi. Vusterda hayotni sug‘urta qiluvchi Amerika davlat kompaniyasi rahbariyati rassom Xarvi Ross Bolldan 10 daqiqa ichida 45 dollar gonorar evaziga ishdan bo‘shatiladigan xodimlarning kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qiladigan surat chizib berishini so‘ragan. Xarvi esa sariq rangli doira ichiga tabassumni eslatuvchi chiziq tortib qo‘ygan.
 
Fransuz noshiri Franklin Lufrani “France Soir” gazetasida chop etiladigan yaxshi xabarlar uchun kulib turgan dumaloq belgini qo‘llay boshlagan. Bu 1972-yildagi voqea edi. 

AP_070916055430.jpg

Internet tarmog‘ida “smayl”lar rasmiy ravishda 1982-yilning 19-sentabridan amaliyotga kiritilgan. Karnegi – Mellon universiteti professori Skott Falman elektron pochtaga yozgan xabarini ikki nuqta, tire va qavsdan iborat belgi bilan tugalladi va uni “hazil belgisi” deb atadi.    

“Emoticon” – piktogrammlar his-tuyg‘ularni aks ettiradi va nuqta, vergul, tire kabi belgilardan iborat bo‘ladi. Bu belgilar nafaqat kompyuter klaviaturalarida, balki yozuv mashinkalarida ham bor.   

AP_19128088226672.jpg

Kaomodzi – motikonlarning yapon “do‘stlari”. Grafik belgilardan tashkil topgan. Biz o‘rgangan “smayl”lardan to‘g‘ri chiziqda joylashgani bilan farq qiladi.  

Kombinatsiyalar bilan his-tuyg‘ularni berish mumkin:  
shubha – (→_→)
chalkashlik – (@_@)
sevgi – (♡-_-♡)
hamdardlik – (o・_・)ノ”(ノ_<、)

Shuningdek, harakatlarni aks ettirish mumkin:
olqishlash – ( ̄▽ ̄)ノ 
quchish – (~*-*)~
ko‘z qisish – (^_~)
kechirim so‘rash – m(_ _)m
burundan qon kelishi – ( ̄ ; ̄) 

“Smaylik”lar – “emoticon”larning bir ko‘rinishi bo‘lib, sariq doira ichida aks etadi.  
Emodzi – chizilgan piktogramma va belgilar bo‘lib, his-hayajon, voqea va kayfiyatni aks ettirishda qo‘llaniladi. 2014-yilning 17-iyuli Xalqaro emodzi (emoji) kuni sifatida nishonlanadi. Dasturchilar bu kunni yangi belgilar bilan nishonlashga intilishadi. 2019-yilda iPhone, iPad, Mac va Apple Watch kutubxonalari yangi emodzilar bilan to‘ldirildi: o‘rgatilgan it, eshitish apparatli quloq, nogironlar aravachasidagi odam, protez ramzlari kabi.  “Zoobog‘” ham yangi belgilar bilan boyidi: yalqov, flamingo, orangutan kabi. “Oziq-ovqat” yo‘nalishiga esa vafli, yog‘, sarimsoq belgilari kiritildi. 

Teglar