Bojxona rasmiylashtiruvi uchun qaysi postda qancha vaqt sarflanmoqda? 

  • 20:09 / 08.10.2019
  • 503

Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilari tomonidan tovar va transport vositalarining eksporti va importida bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflangan oʻrtacha vaqti haqida bojxona postlari kesimida 2019-yil sentabr oyi yakunlari quyidagicha natijani ko‘rsatmoqda.

Eksport boʻyicha

1-oʻrin - “Andijon” TIF bojxona posti – 5 daqiqa 4 soniya;
2-oʻrin - “Kitob” TIF bojxona posti – 7 daqiqa 24 soniya;
3-oʻrin - “Qorovulbozor” TIF bojxona posti – 7 daqiqa 38 soniya.

Import boʻyicha

1-oʻrin - “Andijon” TIF bojxona posti – 18 daqiqa 41 soniya;
2-oʻrin - “Jarqoʻrgʻon” TIF bojxona posti – 32 daqiqa 21 soniya;
3-oʻrin -“Muborak” TIF bojxona posti – 37 daqiqa 28 soniya.