Boshqa mamlakatlarda qanday hazil qilmaslik kerak?

  • 16:29 / 02.12.2019
  • 1330

Turli mamlakatlarga sayohat chogʻida mahalliy aholi bilan muloqotga kirishmaslikning iloji yoʻq. Koʻpchilik tashrif buyurgan joyidagi muloqot madaniyati haqida koʻproq bilishni istaydi, ammo koʻpincha, muhim bir narsa – yumor haqida unutib qoʻyadi. Safarda kimnidir xafa qilib qoʻymaslik uchun qanday hazil qilish mumkin?

AQSh

Amerika yumori bugungi kunda eng mashhur yoʻnalish – stend-up uchun asos boʻlgan. Bu yerda, goʻyo, hamma narsa haqida hazillashsa boʻladigandek tuyuladi. Ammo unday emas: oddiy odamlar bilan suhbatda irqiy va gender muammolar toʻgʻrisida juda ehtiyotkor boʻlgan yaxshi.

Buyuk Britaniya 

Bu davlatning yumori koʻpchilikka ancha gʻalati va hatto, juda qoʻpol tuyulishi mumkin. Ammo sayyohlarning bosiqroq boʻlgani o‘zi uchun foyda. Ayniqsa, mamlakatga xos xususiyatlar, masalan, shotlandlarning oddiyligi haqida hazil qilganda. Bu hazillar, odatda, ziddiyatlarga olib kelishi mumkin.

Xitoy

Bir narsani yodda saqlash zarur: Xitoyda shaxsiy munosabatlar haqida hazil qilish mumkin emas, bu axloqsizlik sifatida qabul qilinadi. Bundan tashqari, davlat siyosati ham gapirilmaydigan mavzu boʻlib, uni ham hazil ostiga olmagan ma’qul.

Germaniya

Nemislar – boshqalar ustidan ham, oʻzining ustidan ham hazil qilishni yoqtiradigan odamlar. Ammo birovning tashqi koʻrinishi, qarashlari, qiziqishlari ustidan kulish qoʻpollik sanaladi.

Fransiya

Xitoydagi singari birinchi navbatda davlat haqida hazillashmagan ma’qul, fransuzlar juda vatanparvar. Shu bilan birga, sizning millatingiz hazilga, baʼzida juda yoqimsiz hazilga olinishiga tayyor boʻling.

Yaponiya 

Yaponlarni yumordan uzoq millat deb hisoblashadi, lekin ularning xususiyatlarini tushunishmaydi, xolos. Bu yerda yumor “rakugo” deb ataluvchi sanʼat turiga kiritilgan. Agar, hazilni joyida qilayotganingizga uncha ishonmasangiz, uni tashqariga chiqarmaganingiz ma’qul.

Italiya

Italyanlar uchun oila va qarindoshlar mavzusi nozik hisoblanadi. Ota-ona haqidagi eng oddiy hazil ham juda haqoratli tuyuladi. Boshqa masalalarda esa italyanlar bilan chegarasiz hazil qilish mumkin.