Braziliya. Osmon va suv qizlari 

  • 16:21 / 07.11.2019
  • 152

Braziliyada kayapo xalqiga tegishli ksikrin qabilasi yashaydi. Ularning ajoyib hayot tarzi bor. Ayniqsa, qizlari o‘zlariga zeb bersa bormi, oldlariga tushadigan go‘zal topilmasa kerak. Qizlar ishlatadigan taqinchoqlar ham, bo‘yoqlar ham tabiiy. Ular baliqning qiltanog‘idan, ilonning po‘stidan, ohuning junidan tayyorlanadi. Onadan qizga meros sifatida o‘tadigan qosh, ko‘zlarga chiziladigan naqshlarda ham tabiatga uyg‘unlik mujassam. Ular, bu naqshlar o‘tgan avlodlar bilan aloqani saqlashga va ularning ruhi bilan muloqot qilishga yordam beradi, deb ishonishadi. Naqshlar uchun ishlatiladigan bo‘yoqlar ham tabiiy

Qora rang genip o‘simligining dumbul mevalaridan olinadi. Meva sharbati dastlab, rangsiz bo‘ladi. Tanaga tekkan zahoti qorayishni boshlaydi. Har qancha yuvilsa ham 8-10 kunsiz ketmaydi. Annat o‘simligining urug‘idan tayyorlangan qizil rang eng sifatlisi sanaladi. Ranglarning tabiiyligi o‘rmonga borganda yanayam asqotadi. Qizlarni hasharotlardan asraydi.
 
Xuddi boshqa qabilalar kabi ksikrinlar ham o‘zlarining  hayot tarzilarini oshkor qilishni istashmaydi. Bunga turli sabablar bor. Masalan, XIX asrda istilochilar sabab yuzaga kelgan kasallik butun qabilani qirilib ketish xavfi ostida qoldirgan.  Hozir ham ana shunday vaziyat yuzaga kelib turibdi.  Ularning yerlariga tutash joylardan nikel qazib olinyapti.

Sayyoramizdagi eng yirik dambalardan biri qurildi. Qabilaning hayoti bilan chambarchas bog‘liq daryo  zaharlanmoqda.