Bugun Yodgoroy Mirzayeva hamda Mavluda Mavlonova ringga chiqadi

  • 17:42 / 05.10.2019
  • 81

Rossiyaning Ulan-Ude shahrida boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Bugun ham navbatdagi saralash bosqichi doirasida ikki nafar vakilimiz ringga koʻtariladi.

Ular orasida Rio Olimpiadasi ishtirokchisi Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg.) hamda Mavluda Mavlonova (-75 kg.)ni uchratish mumkin. Bugungi dasturda Mirzayeva Belarus, Mavlonova esa Xitoy jamoasi vakiliga qarshi jang olib boradi.

-57 kg.: Yodgoroy Mirzayeva – Xelina Bryuyevich (Belarus).
-75 kg.: Mavluda Mavlonova – Lu Jeng (Xitoy).

Eslatib oʻtamiz, kechagi bellashuvlar yakuni boʻyicha -69 kilogramm vazn toifasidagi hamyurtimiz Shahnoza Yusupova tojikistonlik raqibini magʻlub etgan boʻlsa, Farangiz Hoshimova (-57 kg.) amerikalik bokschiga imkoniyatni boy berib qoʻygan.