Bugun velomarofon sabab Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yopiladi 

  • 11:05 / 09.11.2019
  • 19

Нет описания фото.

Toshkent shahar hokimligi bugun – 9-noyabr kuni velomarafon o‘tkazilishi munosabati bilan shaharda ayrim ko‘chalar yopilishini ma’lum qildi

Kecha xabar berganimizdek bugun Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab  havaskor velosportchilar o‘rtasida marafon o‘tkaziladi. 

Shu munosabat bilan soat 14:30 dan 16:00 gacha shahardagi quyidagi ko‘chalarning bir qismi transport vositalari uchun vaqtincha yopiladi: 
– Afrosiyob ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
– Shaxrisabz ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha bo‘lgan qismi;
– Islom Karimov ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
– Furqat ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
– Beshyog‘och ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!”, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabari so‘nggida.