Chet eldagi namanganlik yoshlar uchun “Xorijdagi namanganliklar” klubi tashkil etiladi

  • 17:02 / 07.01.2020
  • 71

Chet elda o‘qib, ishlayotgan namanganlik yoshlar ishtirokida “Xorijdagi namanganliklar” klubi tashkil etiladi. Buning uchun ijtimoiy tarmoqda keng ommalashgan “Namanganliklar” kanali qoshida maxsus bo‘lim tashkil etiladi.  Bu haqda viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 6-yanvar kuni Norinda o‘tkazilgan viloyat yoshlari bilan muloqoti chog‘idagi nutqida aytib o‘tgan.

Shuningdek, viloyat hokimining tashabbusi bilan Namanganda “Milliy hunarmandchilik, me’morchilik va dizayn” oliy maktabi tashkil etiladi. “Milliy hunarmandchilik, me’morchilik va dizaynda innovatsiyalar” deb nomlangan katta ko‘rgazma o‘tkaziladi.  

Milliy hunarmandchilik, me’morchilik va dizaynda innovatsion yechimlarga ega loyihalar uchun viloyat hokimining tanlovi e’lon qilinadi, g‘olib bo‘lgan loyihalarni amaliyotda qo‘llash uchun muallifdan sotib olinadi.