Chilonzordagi dorixonaga niqobli bosqinchilar hujum qildi

  • 10:30 / 05.12.2019
  • 1191

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi dorixonalardan biriga uch nafar shaxs hujum qildi. Bu haqida IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi

Ma’lumotda keltirilishicha, 21-noyabr kuni taxminan soat 01:10 larda, 26 yoshli N.M., 25 yoshli I.X. va 23 yoshli N.I.lar o‘zaro jinoiy til biriktirgan. 

Ular yuzlarini tibbiyot niqobi bilan berkitib, Chilonzor tumani 18-mavzedagi MChJ’ga qarashli dorixonaga kirgan.

Dorixonadagi pullarni o‘marib ketishgan

Jinoiy sheriklar, dorixona sotuvchi 28 yoshli X.M.ning yuziga urib, sumka ichidagi 16,5 mln. va kassadagi 1,5 mln. so‘m pullarni olib, hodisa joyidan yashiringan.

Jinoyatchilar tezda qo‘lga olindi

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoiy sheriklar bilan birga ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Qamoqqa olish” chorasi qo‘llangan

Dastlabki tergov jarayonida I.X., N.M. va N.I. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.