DXX Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy saboq berilganini aniqladi

  • 18:05 / 13.12.2019
  • 319

ДХХ ноқонуний диний таълим бериш ҳолатига чек қўйди

DXX xodimlari Toshkent IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida poytaxtning Uchtepa tumanidagi masjidlarning birida mutavalli bo‘lib ishlovchi, 1989-yili Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli shaxs vaqtincha yashash manzilida joriy yil sentabr oyidan buyon 4 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy tarzda diniy saboq berib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatida va Toshkent shahrida tug‘ilgan bolalarning uch nafari 6 yoshli bo‘lib, hali maktabga o‘qishga bormagan, to‘rtinchisi esa Samarqand viloyati Payariq tumanidagi maktablarning birida 5-sinf o‘quvchisi hisoblanadi.

Bolalar mazkur shaxs ijarada turgan uyning xonalaridan birida yashagan va diniy saboq olgan. Buning uchun ularning ota-onalari har oy 900-950 ming so‘m miqdorida pul to‘lagan.

Qayd etilishicha, diniy ta’limga ega ekanligi haqida hech qanday hujjati bo‘lmagan shaxs o‘qitish jarayonida bolalarga nisbatan jismoniy jazolar qo‘llagan.