Dallol – Yer yuzidagi eng issiq joy

  • 11:59 / 09.11.2019
  • 80

Agar siz fantastik manzaralarning jonli ko‘rinishini, haqiqiy issiqlik nima ekanligini his qilishni istasangiz, unda Dallolga borishingiz kerak.

Даллол 6

Dallol – Efiopiyaning Danakil havzasida joylashgan hudud. Bugungi kunda ushbu hudud eng yuqori haroratga ega bo‘lib, o‘rtacha yillik ko‘rsatkich 34,4 darajani tashkil qiladi. Bundan tashqari, Dallol sayyoradagi eng qiyin sharoitli joylardan biridir. Chunki, yo‘llar yo‘q – aloqa va yuklarni yetkazib berish karvon yo‘llari orqali amalga oshiriladi.

Даллол 1

U yerdagi landshaftlarga nazar tashlab, ular fantastik filmdagi kadrlar emas, balki haqiqat ekanligiga ishonish juda qiyin. Dallol cho‘li oltingugurtli hovuzlari va lavali ko‘llari bilan ham mashhur. Shuningdek, u yerda xuddi shu nomdagi vulqon ham mavjud bo‘lib, uning oxirgi otilishi 1926-yilda sodir bo‘lgan ekan.

Даллол 2

Geyzerlarning ranglari – yashildan qizilgacha tovlanadi. Ajoyib manzaraga nazar solsangiz, bu cho‘l yer yuzidagi eng issiq joy ekanligiga ishonch hosil qilasiz.

Даллол 3

Gap shundaki, gazlar va qaynab turgan lava ko‘llar quyosh bilan birgalikda bu yerni juda yuqori haroratda qizdiradi. Bu nafaqat eng issiq, balki sayyoradagi eng qurg‘oq joy ham hisoblanadi.

Даллол 4

Bunday qiyin iqlim sharoitiga qaramay, sahroda Afar qabilasi yashaydi. Ular ko‘chmanchi turmush tarzida hayot kechirib, asosan chorva mollarini boqish bilan shug‘ullanadi. Ularning uylari boshqa joylarga ko‘chish oson bo‘lishi uchun oddiy qilib qurilgan.

Даллол 5

Bu yerdagi odamlar Avash daryosi orqali kun kechiradi. Ya’ni, mahalliy aholining aksariyati tuz sotib, pul ishlashadi. Uni sotish uchun ular boshqa joyga borishadi.