Dam olish kunlarini esda qolarli qilib o‘tkazishni istaysizmi?

  • 06:06 / 22.05.2020
  • 126

Dam olish kunlari bu kichik ta’til, demakdir. O‘sha kunlari biz o‘zimizni dangasalik va beparvolik quchog‘iga otib, bemalol o‘yin-kulgi qilishimiz mumkin. Ayrimlar dam olish kunlari yostiqdan bosh ko‘tarmaydi, boshqalar  esa sayrga chiqadi, sport bilan shug‘ullanadi. Dushanba kuni afsuslanib qolmaslik uchun dam olish kunlarini munosib o‘tkazish lozim. Xo‘sh, shanba va yakshanba kunlarini nimalarga sarflash mumkin?

1. Kitob o‘qish yoki audio kitob eshitish
Kitob o‘qish – bu boshqa dunyo og‘ushiga g‘arq bo‘lish, yangi ma’lumot to‘plash, qiziqarli g‘oyalar topish va aql-idrok darajasini biroz oshirish demak. Kitob o‘qiy olmasangiz, ularni tinglashingiz mumkin. Bu sizga ko‘zlarni charchatmaslik yoki parallel ravishda boshqa biror ish bilan shug‘ullanishga imkon beradi. Ta’lim beruvchi kitoblarni nazardan qochirmang. Mazkur mashg‘ulot hayotingizni tubdan o‘zgartirib yuboradi.

2. Yangi joylarga borib, odamlar bilan tanishing

Sayrga chiqish, turli ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etish hamkasblaringizdan boshqalar bilan ham suhbat qurish imkonini taqdim etadi. Buning uchun yangi joylarga boring va turli tadbirlarda ishtirok eting. Ular keyinchalik sizning yangi do‘stlaringiz, juftingizga aylanishi mumkin. Yangi odamlar bilan suhbatlashish – siz bilmagan yangi va qiziqarli imkoniyatlar eshigini ochish demak.

3. Shunchaki sayr qiling

Uydan chiqib, ko‘chada sayr qiling, xiyobonda o‘tiring. Toza havo shovqindan xalos bo‘lish, tinchlikdan zavqlanish, miyani bo‘shatish va nimalardir haqida o‘ylashga yordam beradi. Shahar atrofida yurish va yangi joylarni kashf qilish dam olishning sinalgan usuli. Tabiat bag‘ri sizga chinakam ilhom baxsh etib, kelajak uchun rejalar tuzishga yordam beradi.

4. Biror yangi narsa o‘rganing
Dam olish kunlarida biror yangi narsani o‘rganishni boshlang yoki sevimli mashg‘ulotingizga kirishing. Hech qachon amalga oshirmagan, ammo anchadan buyon qilishni istab yurgan narsani boshlab yuboring. Unga yangi va qiziqarli mashg‘ulot kiritish orqali dunyoqarashingizni kengaytiring. Chet tili bo‘yicha mutaxassis bo‘lish, dasturlash, charm buyumlar ishlab chiqarish yoki bloger bo‘lishni o‘rganishni boshlang.

5. Sport bilan shug‘ullaning 

Siz har doim formada bo‘lib, kun tartibingizni tuzishni xohlaysizmi? Dam olish kunlari sport bilan shug‘ullanish – ajoyib imkoniyat. Yuguring, basseynga boring yoki sport zaliga yoziling. Hech bo‘lmasa, sport dasturini yuklab olib, mashqlarni takrorlang. Sog‘liq va yaxshi kayfiyat ta’minlanadi.

6. Yangi film tomosha qiling
Yangi film yoki teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish keng ommalashgan hordiq turlaridir. Ular ko‘ngil ochib, biror narsani o‘rgatishi yoki butun hayotingizni o‘zgartiradigan g‘oyani amalga oshirishga undashi ham mumkin. Siz hayot uchun asqatadigan fikrlarni taqdim etadigan qiziqarli shaxslar tajribalaridan o‘rganasiz.

7. Do‘stlaringiz yoki oilangiz bilan vaqt o‘tkazing

Dam olish kunlari do‘stlar va oila bilan hordiq chiqarish imkoniyati bo‘lib, boshqa kunlari bunga vaqtingiz qolmasligi mumkin. Qalbingizga yaqin odamlar bilan suhbatlashib, dam oling. Bu orqali shaxsiy, oilaviy yoki do‘stlik munosabatlarini mustahkamlaysiz.

8. Xobbingiz bilan shug‘ullaning

Dam olish kunlarida sevimli mashg‘ulotingiz uchun ham vaqt o‘tkazing. Stol tennisi o‘ynash, shaxmat-shashka doskasiga muk tushish, taom tayyorlash, tomorqada ishlash, do‘kon aylanish – har kim o‘ziga yoqqan xobbisini tanlab olaveradi. Bundan ortiq dam olish bo‘lmaydi, nima dedingiz?! Balki kelajakda sevimli mashg‘ulotni foydali ishga aylantirish imkonini ham toparsiz. 

9. Kinoteatr, hayvonot bog‘i va ko‘rgazmalarga boring
Karantin tugaganidan so‘ng, albatta. Qiziqarli joylarga bormasdan, qanday qilib miriqib hordiq chiqarib bo‘lardi?! Axir dam olish kunlari bizga dam olish va o‘yin-kulgi uchun beriladi! Kinoteatr, teatr, kafe, ko‘rgazmalar – siz allaqachon borishni rejalashtirgan ko‘plab joylar mavjud. Albatta, sherigingiz bo‘lsin.

10. Uyda ish qiling

Xonadonda biror yumush bilan shug‘ullanish: mazali kechki ovqat tayyorlash, buyumlarni tartibga solish, fotosuratlarni taxlash, kundalik yozish, uy tozalash ham mumkin. Yangi hayot uchun reja tuzing, oldingizga yangi maqsadlar qo‘ying yoki o‘zgartirish mumkin bo‘lgan kelajak haqida o‘ylang. Uyda yumush har doim topiladi. Eng muhimi, kechki ovqatdan keyin darhol uxlamang, spirtli ichimlik iste’mol qilmang va kun bo‘yi yotmang. Dam olish kunlari sizni baxtli qiladigan kichkina hayotdir.