Daniya politsiyasi Trampning tashrifi bekor qilinishi ortidan 600 ming dollar yo‘qotdi

  • 18:16 / 10.09.2019
  • 55

Daniya politsiyasi AQSh prezidenti Donald Trampning 2-3-sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish uchun to‘rt million kron (taxminan 600 ming dollar) sarfladi, deb yozadi Korrespondent.net nashri.

Ta'kidlanishicha, bu miqdor AQSh yetakchisining rejalashtirgan tashrifi paytida politsiya xodimlarining bekor qilingan ta'tillari va xodimlarga to‘lanadigan kompensatsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, 18-avgust kuni Tramp Grenlandiyani Daniyadan sotib olishga qiziqish bildirgan edi. Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen esa avtonomiyani sotish g‘oyasini bema'nilik deb atadi.

Keyinchalik Tramp Grenlandiya bo‘yicha muloqot uchun istiqbol yo‘qligi sababli qirollikka rejalashtirilgan tashrifni qoldirdi.

Teglar