Dastin Poryeni nima yig‘latdi?

  • 17:00 / 08.09.2019
  • 2624

Amerikalik UFC jangchisi Dastin Porye Habib Nurmagomedov bilan jangdan soʻng oktagonda intervyu berayotib, oʻzini yigʻidan toʻxtatib turolmadi. Porye uchun bu jang qanchalik ahamiyatli boʻlganini uning o‘zini tutib turolmaganidan ham bilish mumkin edi.
Bellashuvdan soʻng Dastin matbuot anjumanida qatnashdi va jang soʻnggidagi his-tuygʻulari bilan oʻrtoqlashdi.
–  Men juda qiyin jang boʻlishini tushunib yetdim, – dedi Porye oʻz intervyusida. – Raqib meni oktagon chetiga taqab qo‘yishiga yo‘l qo‘yganim yaxshi bo‘lmadi. Bu jangga anchadan beri tayyorgarlik koʻrgandim. Oʻzimga ishongandim, ammo bugungi natijamdan juda xafaman. Habib ajoyib jangchi. Bunday vaqtlarda odam o‘zida bor narsalarning qadriga yetishi kerak. Endi oilam bilan vaqt o‘tkazish uchun uyga qaytaman. Hammasini qayta o‘ylab olish uchun menga vaqt kerak, dedi u. 

Eslatib otamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Dastin Porye qiziga chempionlik kamarini olib kelishni va’da qilgani haqidagi videolavha tarqalgandi. 
“Men senga uni, albatta olib kelaman, qizaloq”, deya so‘z bergandi u.

Bu sportchining 2016-yildan beri birinchi magʻlubiyati edi. O‘shanda u 1-raunddayoq imkoniyatni boy bergandi. Keyinchalik mashg‘ulotlarga zo‘r berib o‘z ustida ishladi va ketma-ket beshta g‘alabaga erishdi. Bugungacha u 31 ta jang o‘tkazib, 5 marta mag‘lubiyatga uchragan. Habibdan yengilishi uning karyerasidagi 6-mag‘lubiyati bo‘ldi. 

Teglar