Davlat byudjetidan koronavirusga qarshi kurashish uchun ajratilayotgan mablag‘lar o‘rni qanday to‘ldiriladi?

  • 20:02 / 23.04.2020
  • 229

Bugun, 23-aprel kuni Xalqaro press-klubda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov va Toshkent bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov ishtirokida sessiya tashkil etildi. 

Moliya vaziri Timur Ishmetov koronavirusga qarshi kurashish fonida davlat byudjetidan yo‘naltiriladigan mablag‘larning o‘rni qanday to‘ldirilishi haqidagi savolga javob berib o‘tdi.

– 2020-yilgi byudjet tasdiqlanganda daromadlar xarajatlardan 3,5 trillion so‘m miqdor atrofida kamroq tasdiqlangan. Hozirgi sharoitda xarajatlarni to‘xtatmagan holda byudjetni qayta ko‘rib chiqish ehtiyoji tug‘ildi. 

Shuningdek, daromadlar ham davom etyapti, albatta ma’lum bir davrda iqtisodiy faollik pasayganligi hisobidan daromadlar prognozi qayta ko‘rib chiqildi. Bunda ham yil yakunlariga ko‘ra, daromadlarga qaraganda xarajatlar ko‘proq bo‘ladi. Ya’ni bu taqchillik oldin rejalashtirilgandan ko‘proq bo‘ladi.Daromadlar davom etayapti. Bir muddat ular foizi tushgandir, lekin, umuman olganda, o‘sha-o‘sha yil yakunida xarajatlar daromaddan ko‘p bo‘ladi. Bu qarz mablag‘larini jalb qilgan holda to‘ldiriladi, - dedi Moliya vaziri Timur Ishmetov.

Xabardor.uz