Davlat xaridlarini hududlar kesimida amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yangi portal yaratildi

  • 17:22 / 03.01.2020
  • 291

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarga xaridlarni elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion orqali qonunda belgilangan mezonlarga muvofiq amalga oshirish huquqi berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-yanvardagi “Xo‘jalik jamiyalari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini ko‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi Qaroriga muvofiq xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li orqali uskunalar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni, shuningdek, ishlar va xizmatlarni xarid qilish huquqiga ega.

Shu munosabat bilan korporativ buyurtmachilar uchun mo‘ljallangan exarid.uzex.uz saytida eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li orqali e’lon berish uchun mexanizm joriy qilindi.

Shuningdek, mazkur Qarorning 4 va 5-bandlari ijrosi yuzasidan “O‘zRTXB” AJ tomonidan davlat xaridlarini hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) kesimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) o‘rtasida amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yangi portal yaratildi.