Davlatni ham ijaraga olsa bo‘ladimi?

  • 17:25 / 11.09.2019
  • 839

Ha, bo‘ladi. Bordiyu kimdir hech bo‘lmaganda bir kun haqiqiy monarxga aylanmoqchi bo‘lsa, unda imkoniyat bor. To‘g‘ri, bunday hashamatni odatda faqat puldor sayyohlar o‘ziga loyiq ko‘rishi mumkin.

Bir sutka uchun 70 000 dollar evaziga istagan kishi butun boshli mamlakatni, aniqrog‘I, G‘arbiy Yevropadagi mittigina Lixtenshteynni ijaraga olishi mumkin.

Bu narx ichiga 150 ta mehmonni olib kelish, qadimiy saroylarni aylanish, turli-tuman ekskursiyalar, qirollik yerto‘lalarida vinolar degustatsiyasi, shuningdek, vaqtinchalik ijara vaqtida o‘z pul birligini joriy etish va hatto yo‘l belgilarini o‘zgartirish kabilar kiradi.

Bundan tashqari, shaxsiy gerbingizni o‘ylab topishingiz va a’yonlar bilan tanatanavor yurishingiz mumkin. Ammo buning uchun qo‘shimcha xarajat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Ma’lum muddat o‘zini haqiqiy oqsuyaklardek his qilish arzon ko‘ngilxushlik emas, albatta. Biroq havas uchun ko‘p pul sarflashga tayyor bo‘ganlar ham topiladi. 

Bunday noodatiy bron uchun buyurtmani tashrif belgilangan sanadan kamida olti oy oldin bergan ma’qul. 

Teglar