Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tizimida yangi kadrlar tayinlovi amalga oshirildi

  • 17:37 / 14.01.2020
  • 38

Valiyev Moxirxo‘ja Kamolxo‘ja o‘g‘li Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi direktori etib tayinlandi.
U bunga qadar “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Imomkulov O‘tkir Xotamovich Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi direktori etib tayinlandi.
O‘. Imomkulov bunga qadar Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi direktori v.v.b. lavozimida ishlab kelayotgan edi.


 Murodov Jurabek Norpolotovich Davlat kartografiya-geodeziya fondi direktori etib tayinlandi.
J. Murodov bunga qadar Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi o‘quv markazi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Bobomurodov Shuxrat Mexribonovich Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tayinlandi.
Sh. Bobomurodov bunga qadar Davyergeodezkadastr qo‘mitasining Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish boshqarmasi Yer monitoringi va tuproq unumdorligini oshirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.