Dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi qancha?

  • 18:18 / 07.11.2019
  • 225

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal va maksimal narxlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (lahm go‘shtdan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da – 35 000 so‘m. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da – 57 000 so‘m.

Bir kilogramm qo‘y go‘shtining minimal va maksimal narxlari Nukus va Toshkentda kuzatilgan. Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da 1 kilogramm qo‘y go‘shtining minimal narxi – 36 000 so‘m, maksimal narxi Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori”da – 63 000 so‘m. 

Bir kilogramm kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Eski jo‘va dehqon bozori”da – 1 200 so‘m.
Maksimal narxi Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da – 4 000 so‘m. 

Bir kilogramm piyozning minimal narxi Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori“, “Damariq dehqon bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori” hamda Farg‘ona shahrining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”da 1000 so‘mdan sotilmoqda. 

Piyozning maksimal narxi Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da – 3 500 so‘m bo‘lgan.
Bir kilogram sabzining minimal narxi Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da 800 so‘m bo‘lgan. 

Maksimal narxi Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da – 5 000 so‘m kuzatilgan.
Bir kilogramm guruchning minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da – 4 000 so‘m. 

Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da – 18 000 so‘m. 
Bir litr o‘simlik yog‘i minimal narxi Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da – 9 000 so‘m. 

Maksimal narxi Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”da – 13 500 so‘m.
Bir kilogramm shakarning minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da – 5 200 so‘m.

Maksimal narx Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da – 7 000 so‘m.