Detektiv asarlarni o‘qish depressiya bilan kurashishda yordam beradi!

  • 01:09 / 05.10.2019
  • 326

Чтение

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, detektiv janrdagi asarlarni o‘qish depressiya simptomlarini yengillashtirishi mumkin. Bu o‘qigan asaringizga nisbatan uyg‘onadigan hissiy reaksiya hisobiga ro‘y beradigan xulq-atvorni yuzaga keltiruvchi biblioterapiyadir. 

Ko‘pchilik kitobsevarlar bir ovozdan: bir-ikki soat biror qiziqarli detektiv yoki yumoristik asarni o‘qish kayfiyatni ko‘taradi degan fikrga qo‘shiladi. Mana endi tadqiqotlar ham buni tasdiqlab turibti. Ya'ni kitoblarning ba’zi turlari depressiyani davolashda ham ishlatilishi kerak. Garchi, kitob to‘laqonli dori bo‘la olmasa-da, ayrim holatlarda kitob o‘qish odati antideprissantlarga qaramlikni birmuncha pasaytiradi

Kuzatishlarga ko‘ra, ko‘proq kitob o‘qish maslahat berilgan depressiya qurbonlarida kayfiyat ko‘tarilishi va psixologik holatning yaxshilanishi kuzatilgan. Shu orqali biblioterapiya effekti yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. 

1927-yilning sentabrida Italiyadagi Turin Universiteti psixologlari biblioterapiya samaradorligini aniqlash bo‘yicha 10 ta tadqiqot metaanalizini o‘rganishdi. 6 ta tadqiqotda kitob o‘qish yordamida maxsus davolash kursidan o‘tgan depressiya qurbonlarining salomatligi uch yilgacha bo‘lgan muddatda ancha yaxshilanganligi qayd etildi. 

Uzoq davom etuvchi depressiya sindromlarini pasaytirishda biblioterapiya yaxshi samara beradi. Bu juda qimmatli ma’lumot. Chunki kitob o‘qish – antidepressantlardan farqli ravishda hech qanday salbiy yondosh ta'sirlarni keltirib chiqarmaydi. 

Ammo bunda adabiyotlarni to‘g‘ri tanlay bilish ham kerak. Mazmunan juda tushkun va fojia bilan yakun topadigan juda ko‘plab asarlar bor. Ularni mutolaa qilgandan so‘ng depressiya qurbonining salomatligi yana-da yomonlashadi. Kayfiyatni ko‘tarish uchun sarguzasht romanlar, detektivlar, yumoristik asarlar, shuningdek, ertaklar o‘qish tavsiya etiladi. Ular nafaqat kitobxonning diqqatini ushlab turadi, balki kayfiyatni ham ancha ko‘taradi.