Dinozavrlar nobud bo‘lishiga sabab muzlik davri emas… Aslida nima bo‘lgandi?

  • 23:32 / 11.09.2019
  • 127

Yangi tadqiqotlar dinozavrlarning global sovishdan nobud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Aslida, “Yukatan yarim oroli hududida asteroidlar ularga kuchli zarba bergan. Ushbu zarba natijasida yong‘inlar paydo bo‘lgan va sunami natijasida hosil bo‘lgan kraterlar yongan daraxtlar va toshlar bilan to‘lgan” deb yozadi The Independent.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dinozavrlar davri zamonaviy Meksikadagi Yukatan yarim oroliga ulkan asteroidning qulashi bilan nihoyasiga yetgan. Uning kuchi Ikkinchi Jahon urushidagi 10 milliard atom bombasining kuchiga teng bo‘lgan.

Ushbu asteroidning qulashi tufayli o‘rmonlar yonadi, sunami ko‘tariladi. Atmosferaga ko‘p miqdorda oltingugurt tarqalishi oqibatida paydo bo‘lgan bulutlar quyosh nurini to‘sib qo‘yib, global sovish boshlandi. Buning natijasida dinozavrlar nobud bo‘ladi.

Ilgari ham olimlar dinozavrlar shunga o‘xshash ssenariy natijasida yo‘q bo‘lib ketgan deb taxmin qilishgan. Texas universiteti mutaxassislari bu farazni falokatdan bir kun keyin kraterni to‘ldirgan toshlardan foydalanib tasdiqladilar. Unga ko‘ra, kraterdan olingan namunalar sunami olib kelgan ko‘mir va tosh bo‘laklarining mavjudligini ko‘rsatdi.

Hodisadan bir necha soat o‘tgach, Meksika ko‘rfazidagi suvlar kraterni tosh bilan to‘ldirgan. Ko‘mirlar esa asteroid qulaganidan keyin yong‘inlar boshlanganiga dalil bo‘la oladi.
Xullas, texaslik olimlar asteroidlar avval yerga tushgan, so‘ng iqlim o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatib, dinozavrlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan deb hisoblashmoqda. Ularning fikricha, butun boshli turlarning yoppasiga yo‘q bo‘lib ketishi faqatgina atmosferadagi keskin o‘zgarishlar oqibatida ro‘y berishi mumkin.

Teglar