Disney multfilmlari musiqalarining bari bir xil qolipda(mi?)

  • 10:57 / 23.05.2020
  • 161

Disney’ning katta-kichikka birdek xush keluvchi, rang-barang va qiziqarli syujetli multfilmlari musiqasi jurnalist Jastin MakElroyning so‘zlariga ko‘ra, bir xil qolipda yozilgan ekan. Uning bu xulosasi jurnalistning shaxsiy Twitter akkauntida e’lon qilindi.
Jurnalist multfilmlarning musiqasida qo‘llanilgan 18 ta bir xil qolipni aniqlab, ularni ma’lum kategoriyalar bo‘yicha bir jadvalga joylashtirdi. 
U davomiyligi 30 soniyadan ko‘p bo‘lgan qo‘shiqlarni tinglab, ularni birma-bir tahlil qilib chiqdi.
Jastin “Bu film” kategoriyasi ostiga 26 ta qo‘shiqni alohidalab oldi. Kartinaning mavzusi yoki multfilm nomi aytilgan musiqalar film boshida yangragan va ular xor yoki kadr orti vokali yordamida ishor qilingan ekan.

Xuddi shuncha miqdordagi qo‘shiq “Men istayman” katerigoriyasiga joylashtirildi. Bu guruhdagi qo‘shiqlarning bari qahramonlarning monologi sifatida aytilgan va qo‘shiq matni qahramonning istaklaridan iborat bo‘lgan.
“Men aytmoqchi bo‘lgan narsa” kategoriyasiga esa 21 ta qo‘shiq biriktirildi. Bu kategoriyadagi qo‘shiqlar personajlar yaxshi kayfiyatda, pozitivlikni ko‘rsatuvchi raqs va faol harakatlardan iborat sahnalarda qo‘llanilgan.
Jurnalisning Disney haqidagi “tadqiqotini” ko‘pchilik foydalanuvchilar ma’qullashgan va izohlarda ijobiy fikrlar bildirishgan.

Teglar