Dorian to‘foni tufayli BMT Bagama orollariga gumanitar yordam yubordi

  • 17:27 / 10.09.2019
  • 72

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Dorian to‘fonidan zarar ko‘rgan Bagama orollariga gumanitar yordam yubordi. Bu haqda 10-sentabr, seshanba kuni BMTning Twitter’dagi sahifasida xabar qilindi.

9-sentabr kuni kechqurun Bagama orollariga 1,5 tonna gumanitar yordamni o‘z ichiga olgan YUNISEF yuk samolyoti yetib kelgan.

“YUNISEFning qutqaruv resurslari ortilgan samolyot, 9 500 dan ziyod oilaga suvdan xavfsiz foydalanish imkoniyatini yaratishga yordam beradi”, – deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Bagama orollaridagi to‘fon tufayli 44 kishi vafot etdi. Qurbonlar soni o‘sishda davom etishi kutilmoqda, chunki zarar ko‘rgan orollarning ko‘pgina aholisi bedarak yo‘qolgan.

Teglar