Dunyo liftlari: ularning qaysi biri eng g‘ayrioddiy?

  • 21:09 / 02.11.2019
  • 353

Taxminlarga ko‘ra, dastlabki liftlar eramizdan avval paydo bo‘lgan. Ulardan piramidalarni qurish paytida qurilish ashyolarini yuqoriga ko‘tarish uchun foydalanilgan. Hozirda liftlar haqiqiy san’at asariga aylanib bormoqda. Quyida ularning eng g‘ayrioddiy turlari haqida bilib olamiz.

Elevador de Santa Justa

Лиссабон

U Lissabon shahrining qoq markazida joylashgan. Uning ko‘rinishi sayyohlarni shunchaki hayratda qoldiradi. Mahalliy aholi hech qanday muammosiz baland toqqa chiqib, bir maydondan ikkinchi maydonga ko‘tarilishlari mumkin. Ushbu lift 1902-yildan beri ishlaydi va “o‘z bag‘riga” 29 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi.

Elevador Lacerda

Сальвадор

U Braziliyaning sobiq poytaxti – Salvadorda joylashgan. Tuzilishi jihatidan juda ajoyib. Jami 4 ta kabinasi mavjud bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 32 kishi harakatlanishi mumkin. Umumiy balandligi 70 metrdan oshadi. Eng qizig‘i, liftga chiqqanlardan yo‘l haqi olinadi.

Louvre

Лувр

Fransuz qirollari Louvre’ning bunday zamonaviy tuzilishga ega bo‘lishini hatto, xayoliga ham keltirishmagan. Lift poldan yuqoriga qarab ko‘tarilgan va 10 kishiga mo‘ljallangan. Mehmonlar saroyning ichki qismini ko‘zdan kechirishlari uchun lift sekin yuradi.

Sky Tower

Зеландия

Ushbu teleminora Yangi Zelandiya timsolidir. 200 metr balandlikda joylashgan kuzatish maydonchasiga lift orqali chiqish mumkin. U juda tez yuradi, shu sababli ko‘z ochib yumguncha eng yuqori pog‘onada bo‘lasiz.

Baylong

Китай

Bu dunyodagi eng baland lift bo‘lib, Xitoyda joylashgan. Uning balandligi 330 metrni tashkil qiladi. Liftning vazifasi sayyohlarni kuzatish maydonchasiga yetkazishdan iborat. Uning 3 ta shaffof oynadan yasalgan kabinasi bo‘lib, yuqoriga ko‘tarilish jarayonida atrofdagi manzaralarni tomosha qilishingiz mumkin. 

Folker g‘ildiragi

Шотландия

Mazkur ajoyib bino Shotlandiyada joylashgan va kemalar uchun mo‘ljallangan. U Fort-Klayd va Union kanallari o‘rtasida kemalarni harakatga keltiradi. U 180 darajada aylanishi mumkin.

G‘arb darvozasi

США

Ushbu ark AQShning Sent-Luisdagi yodgorligi va ramzidir. Odamlar yuqoriga uzun zinapoyalar orqali ko‘tarilishar, shuning uchun lift masalasi juda dolzarb edi. Nostandart shakli tufayli u yerda lift qurish mumkin bo‘lmagan. Biroq, muhandis Richard Bauzer bu ishni uddaladi. Natijada hamma foydalanishi uchun ajoyib lift paydo bo‘ldi.

“Taybey 101” osmono‘par binosi

Тайвань

Tayvan osmono‘par minorasi 101 qavatdan iborat bo‘lib, 50 metr balandlikka ega. Undagi lift orqali 5-dan 89-qavatgacha 39 soniyada ko‘tarilishingiz mumkin. Tezlik soatiga 60 kilometrni tashkil etadi.

Globen Skyview

Стокгольм

Stokgolmda Shar Ericsson’ni ko‘rishni xohlaysizmi? Unga man bu shishali qobiqlarda ko‘tariling. U Gondola relslarda harakatlanadi va ko‘tarilish 16 daqiqa davom etadi, xolos.

“Aqua Dom”

Германия

Bu Berlin dengizining markazida joylashgan haqiqiy dengiz akvariumidir. Tuzli suv va ko‘plab baliqlar – haqiqatan diqqatga sazovor! Eng muhimi, ichkaridagi liftlarda siz atrofni tomosha qilish uchun yuqoriga va pastga harakat qilishingiz mumkin.