Dunyoda eng ko‘p tarqalgan belgilar nimani anglatadi?

  • 18:58 / 10.09.2019
  • 1755

Har kuni qancha belgiga duch kelishingiz haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Belgilardan asosiy maqsad ma’lum bir ma’no berish va ko‘p joyni band qilmaslikdir. Belgilarning asl ma’nosiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Keling, eng mashhur belgilarning o‘ntasi bilan yaqindan tanishamiz.

1. Cheksizlik belgisi

Infinity Symbol

Bu belgi ingliz matematigi Jon Uollis 1655-yili o‘zining “DeSectionibusConicis” nomli ishida qo‘llagach, matematikada ishlatila boshlandi. Uollis nega aynan bu belgini qo‘llaganini tushuntirmagan, ammo u 1000 sonining rim harflari bilan yozilgan shaklidan (CƆ) olingan. U ba’zida “ko‘p” sonini anglatish uchun foydalanilgan.
 
2. “OK” belgisi

OK Sign

AQShda bu belgi kimdir yoki nimadir yaxshi ekanligini bildirish uchun ishlatiladi. Biroq, ba’zi Yevropa davlatlarida odamni “nol” deb hisoblashni bildiruvchi haqoratli ishora sifatida qo‘llaniladi. 

3. Tinchlik ramzi

Peace Symbol

Tinchlik ramzi To‘g‘ri harakat qo‘mitasining yadro urushiga qarshi logotipi sifatida tinchlik kurashchisi Djerald Gerbert tomonidan yaratilgan. Ushbu ramzni xippilar jamiyati 1960-yillarda tezda o‘zlashtirdi, shundan so‘ng bu belgi butun dunyoda ommallashib ketdi.

4. Qayd etish (ta’kid) belgisi

Check Mark

Bu belgi biror narsaning to‘g‘riligini yoki bajarilganini ifodalash uchun ishlatiladi. 
Bugungi kunda u dunyoning ko‘plab davlatlarida ishlatiladi, ammo uning kelib chiqishi Rim imperiyasi davriga borib taqaladi. U paytlari “V” harfi “haqiqat” so‘zi – “veritas”ning qisqartmasi sifatida ishlatilgan. 
Belgining o‘ng tarafi uzunroq bo‘lishiga sabab esa – o‘sha davrdagi ruchkalar siyohining tez yozganda birdan tommasligi, natijada chap qanotning yozilishi kech boshlanganidandir. 

5. Quvvat belgisi

Power Symbol

Hammaga ma’lum o‘chirish/yoqish belgisi foydalanuvchi interfeysini dizaynining mantiqiy rivojlanishi natijasi bo‘ldi. 
Avval boshida quvvatni boshqarish elementlarida “on” va “off” so‘zlari ikkita holatni anglatish uchun qo‘llanilgan. Keyinchalik bu so‘zlar 1 va 0 raqamlari bilan almashtirilgan. Quvvatlantirish tugmasini yaratishda “1” va “0” belgilari ustma-ust joylashtirilgan. 

6. Qayta ishlash belgisi

Recycling Symbol

Bu belgi ilk bora Yer Kuni o‘tkazilganida – 1970-yilning aprelida paydo bo‘lgan. Karton ishlab chiqaruvchi ContainerCorporationofAmerica kompaniyasi atrof-muhit muammolari bilan shug‘ullanadigan talabalar uchun qog‘ozni qayta ishlash belgisini yaratish tanloviga homiylik qiladi. Talaba Geri Din Anderson tanlovda yutadi: uchta yashil ko‘rsatkich chiziqlar cheklangan tabiat resurslarini va ularni kelajak avlod uchun saqlash hamda yangilash zaruriyati ramzi hisoblanadi.

7. Svastika

Swastika



G‘arb olamida svastika fashizm belgisi hisoblanadi, chunki u nemis natsistlari tomonidan ishlatilgan. Ammo svatsika aslida bir necha ming yilliklar davomida qo‘llanilib kelinadi. Uning ilk ma’nosi – omad. Hindlarning qadimiy tili sanskritda svastika farovonlikni bildiradi. Bu ramz ming yillar davomida hindular, buddaviylar va jaynlar tomonidan ishlatilgan. Kelajakda svastika fashizm bilan aloqasini yo‘qotadimi-yo‘qmi – noma’lum.

8. Erkaklik belgisi

Male Symbol

Erkaklikni anglatuvchi belgi Mars ramzidir. Bu belgi aylana va undan chiqib, yuqori o‘ng tomonga yo‘nalgan o‘qdan iborat. Mars ramzi Rimning urush xudosi – Marsning qalqoni va nayzasi tasviridir. U, shuningdek, ba’zida “olovli sayyora” yoki “urush sayyorasi” deb ataluvchi Mars sayyorasining ham ramzidir. 

9. Ayollik belgisi 

Female Symbol

Venera sayyorasining astrologik belgisi bo‘lib, ayol jinsini bildirish uchun ham qo‘llaniladi. 
Aylana – hamma narsani qamrab oluvchi koinotni, shuningdek ayol bachadonini ifodalaydi. 
Aylana ostidagi xoch (16-asrda qo‘shilgan) butun materiya – sevuvchi bag‘irdan tug‘ilishiga ishora qiladi.  

10. Kalla suyagi va uning ostidagi ustma-ust yotqizilgan ikki suyak o‘rta asrlarda o‘lim ma‘nosini bildirgan.

Skull and Crossbones

Keyinchalik u qaroqchilar tomonidan o‘zlashtirilgan va ularning bayroqlarida aks etgan. Bugungi kunda ushbu belgi zaharli va xavfli moddalari mavjud konteynerlarda ogohlantiruvchi belgi sifatida qo‘llaniladi. 

Teglar