Dunyoda futbol o‘ynaydigan har bir bola Pele bo‘lishni orzu qiladi – “Futbol qiroli”ning noyob suratlari

  • 21:02 / 07.09.2019
  • 572

Pele – afsonaviy braziliyalik hujumkor yarim himoyachi va uch marta jahon chempioni bo‘lgan yagona futbolchi. U 7 yoshidan mahalliy bolalar jamoasida o‘ynay boshlagan va boshqalardan ajoyib va sermahsul o‘yini bilan ajralib turgan. O‘sha paytda jamoani Braziliya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Valdemar de Brito boshqargan, u asosan futbolchining kelajakdagi taqdirini oldindan belgilab qo‘ygan. 15 yoshida Pele keyinchalik dunyoga mashhur “Santos” klubining a’zosi bo‘ldi.

1. Braziliyalik futbolchilar

Пеле с товарищами по команде в 1957 году.

1957-yilda Pele jamoadoshlari bilan.

2. Shifokorlar Peleni tekshirishmoqda

Пеле, получивший травму колена, которая не позволила ему участвовать в первых двух играх Кубка мира.

Jahon chempionatining dastlabki ikki uchrashuvida Pele tizzasidan o‘yinda qatnashishga imkon bermaydigan darajada jarohat olgan.

1956-yilning sentyabrida Pele maydonga birinchi marta tushib, Korintiansga qarshi rasmiy o‘yinda ilk golini urdi. “Santos”da o‘ynagan vaqt davomida afsonaviy futbolchi San-Paulu shtatining 11 marotaba g‘olibi va bir necha bor turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Pele 6 marta Braziliya, ikki marta Libertadores va ikki marta qit’alararo kubokni qo‘lga kiritgan.

3. Braziliya terma jamoasi

Бразильская сборная перед матчем со сборной Советского Союза.

Sovet Ittifoqi jamoasi bilan o‘yin oldidan Braziliya jamoasi.

Pelening terma jamoadagi debyuti garchi musobaqada jarohat olgan bo‘lsa-da, uning “Santos”dagi ilk o‘yini kabi ajoyib chiqqan edi. 

4. Strateg

Король футбола за настольной игрой.

1958-yil 15-iyunda Pele Jahon chempionatidagi eng yosh ishtirokchiga aylandi. Bu rekord 24 yil davomida unga tegishli bo‘ldi. Chorak finalda Braziliya Uelsga qarshi o‘ynadi va Pele o‘yinning 66-daqiqasida hisobni ochib, uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylandi. Braziliya yarim finalgacha yetib bordi va Pele Jahon chempionatida gol urgan eng yosh o‘yinchi sifatida o‘z nomini rekordlar kitobiga kiritib qo‘ydi. 

5. Birinchi gol

На 66-ой минуте Пеле открыл счёт и забил единственный гол в матче.

O‘sha yilning 24-iyun kuni Pele uchta gol urdi, natijada Braziliya terma jamoasi Fransiya terma jamoasini 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Keyinchalik bir Jahon chempionatida urilgan gollar soni bo‘yicha rekord egasi bo‘lgan fransuz futbolchisi Just Fontaine: “Pelening o‘yinini ko‘rganimda, endi dam olishga chiqsam ham bo‘laverishini angladim” – deb aytgan ekan. 

6. Xet-trik

Пеле забивает первый из трёх голов 24 июня.

24-iyun kuni Pele uchta golidan birinchisini urdi.

29-iyun kuni Braziliya chempionatda mezbon mamlakat – Shvetsiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning to‘rtinchi daqiqasida mezbonlar birinchi golni urdi, ammo Braziliya tashabbusni qo‘ldan boy bermay, raqiblar darvozasiga ikkita gol bilan javob qaytardi. 

7. Fransiya darvozasiga urilgan gol

Пеле забивает второй гол в ворота Франции.

Fransiya darvozasiga ikkinchi golni Pele yo‘lladi.

1962- va 1966-yillardagi jahon chempionatlarida u jarohati tufayli maydonda o‘zini to‘la ko‘rsata olmaydi. 1970-yildagi yakuniy turnir jamoaning g‘alabasi bilan tugagan. Ushbu chempionatdagi jamoa tarkibini ko‘plab mutaxassislar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng kuchli tarkib deb hisoblaydi. Uchinchi marta Jyul Rimet mukofotiga sazovor bo‘lgan braziliyalik futbolchilar uni abadiy saqlash huquqiga ega bo‘lishdi va Pele Meksikada mamlakat milliy jamoasini yutgandan so‘ng, tarixdagi yagona uch karra jahon chempioniga aylandi.

8. Birinchi sahifada

Чтение газеты перед матчем со Швецией.

Futbolchilar Shvetsiya bilan o‘yin oldidan gazeta o‘qimoqda.

1977-yil Pele juda ko‘p mukofot va unvonlar to‘plami bilan taqdirlandi va xayrlashuv o‘yinini o‘tkazib, futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. Pele 1994-yilda YUNESKO elchisi, 1995-yilda Braziliya sport vaziri bo‘lgan.

9. Final uchrashuvidan oldin

Отдых во время тренировки.

Pele tayyorgarlik vaqtida dam olmoqda.

Pele aytadi: “Dunyoda futbol o‘ynaydigan har bir bola Pele bo‘lishni orzu qiladi. Men ularga nafaqat qanday futbolchi bo‘lishni, balki qanday insonga o‘xshashligini ham ko‘rsatishim kerak”. 

10. “Futbol qiroli” va Shvetsiya qiroli

Перед началом финального матча Кубка мира.

Surat jahon kubogi final uchrashuvidan oldin olingan.