Dunyodagi eng g‘aroyib jamoat transportlari

  • 20:31 / 27.09.2019
  • 646

Har bir inson zamonaviy avtoulov, samolyot va poezdlar bilan yaqindan tanish va ulardan foydalanishni yaxshi ko‘radi. Biroq, dunyoda transportning noodatiy turlari afzal ko‘riladigan joylar ham mavjud.

Osma temiryo‘l – Vuppertal, Germaniya

подвесная железная дорога

Kuchli adrenalinni sevadiganlar uchun Germaniyaning Vuppertal shahrida 8-12 metr balandlikda osilgan 13,3 kilometrlik poezdlar tarmog‘i mavjud. Mazkur noodatiy yo‘l 1901-yilda qurilgan bo‘lib, dunyodagi eng qadimgi elektr temir yo‘li hisoblanadi. 

вупперсталь поезд

Mazkur transport turi o‘ziga xos bo‘lishiga qaramay alohida turistik ahamiyatga ega emas. Chunki, mahalliy aholi har kuni undan foydalanadi. Poezdlar kuniga 65 000dan ortiq yo‘lovchini manziliga eltib qo‘yadi. Bu ko‘rsatkich yiliga qariyb 24 mln.ga yetadi. Temiryo‘lning barcha yo‘nalishlari bo‘ylab sayr qilish, taxminan, 30 daqiqa davom etadi. Uning yo‘nalishi shaharning go‘zal joylarini qamrab oladi.

Toboggan – Madeyra, Portugaliya

сани мадейра

Madeyra orolida siz Toboggan nomi bilan tanilgan to‘qilgan chanaga minishingiz mumkin. Chanoq savat shaklida yasalgan bu ulovni orqada turgan ikki haydovchi boshqaradi. Maksimal tezligi soatiga 38 km.ga yetishi mumkin.

сани португалия

Bugungi kunda Toboggan sayyohlarni jalb qilish va ko‘ngil ochish usulidir. Ammo, XIX asrda ushbu transport turi mahalliy aholi orasida juda mashhur bo‘lgan.

Koko-taksi, Kuba

Cocotaxi на парковке

Gavanadagi bu g‘ayrioddiy taksi 1990-yillarda paydo bo‘lgan. Hozirda undan Kubaning barcha yirik shaharlarida foydalaniladi. Taksi tashqi tarafdan kakos mevasiga o‘xshagani sababli unga “Koko” nomi berilgan. Avtomobil tezligi soatiga 50 km. Ushbu transport oddiy avtoulovga qaraganda sekinroq harakatlansa-da, u tirbandliklardan ixchamligi sabab osongina chiqib ketib, manzilingizga tezroq eltib qo‘yadi. 

коко такси гавана

Taksining ikki turi mavjud: moviy ranglisi mahalliy aholiga, sariq ranglisi esa sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi.

Bambukli poezd, Kambodja

поезд камбоджа

Norris yoki bambukli poezd Kambodjaning janubi-g‘arbiy qismida foydalaniladigan temir yo‘l vositasi hisoblanadi. 

поезд из бамбука

Ibtidoiy ko‘rinishdagi bu g‘aroyib transport vositasi to‘xtash va xavfsizlik xususiyatlariga ega bo‘lmasa-da, u odamlar orasida juda mashhur. Buning sababi esa bambukli poezdlar oddiy poezdlarga qaraganda ancha kam vaqt oralig‘ida qatnab turadi. 

Magli – Yaponiya

маглев япония

Magli poezdi elektromagnit maydon kuchi bilan harakatlanadigan magnit yostiqli poezddir. U dunyodagi eng tezkor elektron tijoriy poyezd hisoblanadi.

маглев

2015-yilda u soatiga 603 km. (375 mil.) tezlikka erishib, temir yo‘l transportidagi oldingi rekordni yangiladi. 

Party-bayk yoki Beer bayk – Amsterdam, Gollandiya

Party bike

Ushbu transport vositasi faqat uzoqni yaqin uchun emas, balki o‘yin-kulgi uchun ham xizmat qiladi. Odamlar yaqinlari bilan bunday transport vositalariga chiqib, Amsterdam manzaralaridan zavqlanishadi.

пати байк сша

Party velosipedlari yoshlar orasida juda mashhur bo‘lib, ulardan hatto ziyofatlar, ajoyib kechalar va boshqa bayramlarda foydalaniladi. Endi bunday noodatiy “velosipedlar” Yevropaning boshqa mamlakatlarida, shuningdek, AQShda ham paydo bo‘la boshlamoqda. 

Jipney – Manila, Filippin

джипни филиппины

Jipney Filippindagi jamoat transportining arzon va juda g‘ayrioddiy shakli. Bu yerda ikkita bir xil jipney topish qiyin. Ammo aniq-ravshan dizayni tufayli uni boshqa transportlardan osongina ajratib olasiz. 

джипни

Ushbu mikroavtobuslar Amerikaning Ikkinchi Jahon urushi davridan qolgan eski harbiy jiplar hisoblanadi. Yaqinda hukumat chiqindilarini kamaytirish dasturi doirasida ulardan foydalanishni tartibga sola boshladi. Hozirgi vaqtda 15 yoshdan oshgan jipneylardan foydalanish taqiqlangan.