Dunyodagi eng muhtasham g‘or

  • 13:05 / 11.09.2019
  • 550

AQShning Arkanzas shtatidagi Bekxem Krik Cave Lodge mehmonxonasi bunker sifatida qurilgan bo‘lib, sovuq urush tugaganidan so‘ng ikkinchi hayotini mehmonxona sifatida boshladi. Hozirda bu yerda sakkiztagacha mehmon joylashishi mumkin, mehmonxonaning o‘z sharsharasi va vertolyot maydoni ham mavjud.

Bu mehmonxonada bir kecha tunash 1200 AQSh dollariga tushadi. Mehmonxona xo‘jayini uni 2,75 million dollarga baholab, sotuvga qo‘ymoqchi.

1980-yillargacha bu yerdan harbiylar foydalanib kelishgan. 80-yillar boshida tadbirkor Jon Xey uni 146 ming dollar sotib olgan va sovuq urushdan himoyalanish uchun foydalanmoqchi bo‘lgan.

U to‘rt yil vaqt va 2 million AQSh dollari sarflab g‘orni ajoyib yashash maskani va bombadan jon saqlaydigan joyga aylantirgan.

Sovuq urush yakuniga yetganidan so‘ng Xey uni sotib yuborgan.