Dunyodagi eng qo‘rqinchli temiryo‘llar

  • 17:23 / 02.12.2019
  • 82

Tasavvur qiling-a, siz baland tog‘lar bo‘ylab poyezdda sayr qilyapsiz, derazadan tashqaridagi ajoyib manzaralarga qoyil qolib, xushbo‘y qahva ta’mini his qildingiz. Biroq, sizning poyezdingiz 3000 metr balandlikdagi tor yo‘l bo‘ylab harakatlanmoqda. Aytgancha, u tik dara yoqasidan o‘tadi. Ajoyib sayr, to‘g‘rimi? Bunday holda siz deraza yonidan joy so‘rashingiz dargumon.

Tren a las Nubes, Argentina

1932-yilda qurilgan bu yo‘lning nomi “bulutlardagi poyezd” deb tarjima qilinadi. Poyezd haftada bir marta Argentinaning Salta shahridan jo‘naydi va 424 kilometrdagi yo‘nalish bo‘ylab 16 soatlik sayohatni amalga oshiradi. Yo‘l dastlab, iqtisodiy sabablarga ko‘ra qurilgan, ammo hozirda u faqat sayyohlar uchun xizmat qiladi. Poyezd yo‘li tamaki dalalari, 29 ta ko‘prik va 21 ta tunnel orqali o‘tadi, so‘ngra La Polvorilla tepaligi orqali 4200 metrdan balandroqqa ko‘tariladi. Tren a las Nubes dunyoning eng baland temiryo‘llari orasida uchinchi o‘rinda turadi.

Oppoq dovon va Yukon yo‘nalishi, Kanada va AQSh

Ushbu 108 kilometrlik yo‘nalish Alyaska portini Skaguey nomi bilan bog‘laydi. Ushbu tor temiryo‘lning qurilishi 1900-yilning oxirida yakunlangan. Ajablanarli yo‘l o‘zining baland cho‘qqilari va tubsiz jarliklari, o‘nlab ko‘priklar va burilishlari, muzliklar, tog‘lar va sharsharalari bilan mashhur.

Nariz del Diablo, Ekvador

“Iblisning burni” – g‘alati nom, shunday emasmi? Ushbu yo‘l Alausi, Andning Riobamba shahri va Palmira bo‘ylab harakatlanadi. Poyezd juda sekin yuradi, bu esa yo‘lovchiga vulqonlar prospektidan zavqlanish imkoniyatini beradi. Afsuski, hozirda yo‘lovchilarning poyezd tomiga chiqishiga yo‘l qo‘yilmayapti. “Iblisning burni” Guayakil va Kito shaharlari orasidagi yo‘lning kichik bir qismi bo‘lib, u baland toqqa ko‘tarilishi bilan hayratlanarli.

Jorjtaun halqali temiryo‘li, AQSh

Jorjtaunning halqali temiryo‘li uzunligi atigi 5 kilometr. Shunga qaramay, bir asrdan ko‘proq vaqt davomida u eng mashhur joylardan biri bo‘lib kelgan. U sizni Kolorado shtatidagi Jorjtaundan qo‘shni Silver-Plum shahriga olib borishi mumkin. Ushbu qisqa yo‘l davomida u 195 metrga keskin ko‘tarilib, go‘zal tog‘lar orasidan o‘tadi. Poyezd yo‘li may oyidan dekabrgacha xizmat ko‘rsatadi.

Flamsbana

Mirdaldan 860 metr masofada joylashgan Norvegiyadagi mazkur 20 kilometrlik yo‘l shunchalik g‘ayrioddiy bo‘lib, unga mo‘ljallangan lokomotivlar beshta tormoz tizimiga ega. Bu yo‘nalishda poyezd 20 ta tunneldan o‘tadi, ulardan bittasi aylana shaklda. Bu dunyodagi eng ajoyib temiryo‘llardan biri hisoblanadi.

O‘lim yo‘li, Tailand

Bangkok va Myanma o‘rtasidagi ushbu 400 kilometrlik yo‘lni qurish paytida 90 ming nafardan ortiq ishchi va 16000 harbiy halok bo‘lgan. Ushbu tarixiy yo‘lda “Kvay daryosidagi ko‘prik” va “Qasos” filmlari suratga olingan. Hozirda yo‘nalishning saqlanib qolgan qismi Kanchanaburiga tashrif buyuruvchilarga xizmat qiladi. Poyezd tik jarliklar yoqasi bo‘ylab, bir nechta titrab turadigan yog‘och ko‘priklardan o‘tadi.

Kambres va Toltek, AQSh

Chama shahridan Nyu-Meksikoga Kabres dovoni orqali yo‘lovchilarni tashiydigan AQShdagi eng baland temiryo‘l faqat yozda ishlaydi. Uning balandligi – 3000 metr. Poyezd Kolorado shtatining Antonito shahridagi vokzalda to‘xtashdan oldin ko‘plab halqalar va tunnellardan, Toltek darasidan o‘tadi.

Bernina Express

Alp tog‘larini kesib o‘tadigan eng baland temiryo‘l qurilishidagi mahalliy muhandislik mo‘jizalari shunchalik ajoyibki, u YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Sayohatchilar Shveytsariyaning Kur va Tirano shaharlari o‘rtasida chindan ham ajoyib sayohatga guvoh bo‘ladilar. Yozda poyezdga chiqqan yo‘lovchilar ochiq osmon ostidagi sayohatdan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Kuranda, Avstraliya

1891-yilda qurib bitkazilgan yo‘l Kernsdan Kuranda shahrigacha boradi. 1 soat-u 45 daqiqa davom etadigan sayohat davomida poyezd Barron sharsharasi va marjon dengizining ajoyib manzaralarini taqdim etuvchi joylardan o‘tadi. Yo‘l Barron darasi milliy bog‘i orqali, sharsharalar va yomg‘irli o‘rmonlar, shuningdek, 15 ta tunneldan o‘tadi.

Pamban ko‘prigi, Hindiston

Pamban orolidagi Rameshvaram shahri Hindistonga uzunligi 2 kilometr bo‘lgan 143 ta yo‘lakli ko‘prik orqali bog‘langan. 1914-yilda ochilgan ushbu ko‘prik temiryo‘l vazifasini bajaradi. Rameshvaram muqaddas joy hisoblanib, ziyoratchilar orasida juda mashhur.

Uzoq shimol

Bu yo‘lni bosib o‘tish uchun bir necha kun kerak bo‘ladi. Yo‘l Yevropadagi eng katta botqoqlikdan va Britaniyaning eng cho‘lli hududlaridan o‘tadi.

Hindiston tog‘idagi temiryo‘llar

Darjeling-Himolay temiryo‘li, Kalka-Shimla temiryo‘li va Nilgiri tog‘i temiryo‘li Buyuk Britaniyaning Hindistondagi tepalik stansiyalariga xizmat qilish uchun qurilgan va hanuzgacha muhandislik mo‘jizalari hisoblanadi. Har bir yo‘nalish tepaliklar bo‘ylab o‘tadi.

Bambuk poyezdlari, Kambodja

Kambodjaliklar bambukdan va eski qismlardan o‘zlarining “poyezdlarini” yaratdilar. Ushbu aqlli qurilmalar soatiga 40 kilometrgacha tezlashadi, kichik dvigatellar bilan ishlaydi va bir vaqtning o‘zida o‘nlab yo‘lovchilarni tashishga qodir. Yagona muammo shundaki, agar ikkita poyezd yo‘lda uchrashib qolsa, unda yo‘lovchilar soni kam bo‘lgan poyezd yo‘lni bo‘shatadi, shunda ikkinchisi o‘tishi mumkin.

Funikulyorlar

Ko‘rinib turibdiki, ushbu baland temiryo‘llar qo‘rquv uchun qurilmagan. Suratda Chilining Valparaiso shahridagi ajoyib funikulyatori aks etgan. Bunday qurilmalar Kiyev, Odessa, Boku va Tbilisida ham mavjud.