Dunyodagi eng qorli shaharlar

  • 16:42 / 20.11.2019
  • 2024

Qish fasli kelishi bilan xavotirga tusha boshlaymiz: sovuq havo, ko‘chalarda mashina haydash noqulay, qorlarni kurashga vaqt yo‘q – shu kabi muammolar qiynaydi. Ammo sayyoramizda eng ko‘p qor yog‘adigan hududlar mavjud bo‘lib, u yerga juda ko‘p sayyohlar tashrif buyurishadi.

AQSh
Alyaskaning Valdes shahri Amerikadagi eng qorli joy hisoblanadi. Chugach muzliklari yaqinida joylashgan ushbu shaharda uch mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ko‘pincha u yerga qor va muzliklarni sevuvchi sayyohlar tashrif buyurishadi.

Вальдес

Sirakuzada qor tozalaydigan mashinalarga ehtiyoj katta. Ularning eng yaxshilari mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladi.

Сиракузы

Erida juda ko‘p qor yog‘adi. Sayyohlar Rojdestvo va Yangi yilni Pensilvaniyada nishonlashdan mamnun bo‘lib, u yerga chang‘i yo‘llarini ochganlar va barcha turdagi ko‘ngilochar o‘yinlarni tashkil qilganlar.

Эри


Yaponiya
Qor bilan qoplangan tog‘lar va o‘rmonlar orasida Aomori shaharchasi joylashgan. Qish ertaklarida o‘zini tasavvur qilishni istagan har bir kishiga bu yerga tashrif buyurish tavsiya etiladi.

Аомори

Naganodan unchalik uzoq bo‘lmagan hududda Toyama shahri joylashgan. U yerning yozi – juda nam, qishi esa – sovuq va qorli bo‘ladi.

Тояма

Sapporodagi qalin qor tufayli yaponlar katta foyda olishadi, ya’ni ular, u yerda qor festivallarini o‘tkazadilar. Ushbu tadbirlar sabab juda ko‘p sayyohlar tashrif buyurishadi.

Саппоро


Kanada
Kanadaning qadimiy shahri – Kvebekda har yili yarim metrgacha qor yog‘adi. U haqli ravishda eng qorli shaharlardan biridir.

Квебек

Kanada provinsiyalarining poytaxti – Sent-Jonsning aholisi va mehmonlariga aprel oyining oxirigacha davom etadigan qor bo‘ronlari ma’qul bo‘ladi.

Сент-Джонс