Dunyoga mashhur osmono‘par binolar qanday qurilgan va ulardan nima maqsadlarda foydalaniladi?

  • 21:40 / 20.01.2020
  • 2162

Empire State Building
•  Joylashgan joyi: Nyu-York
•  Qurib bitkazilgan sanasi: 1931-yil
•  Balandligi: 443 m
•  Qavatlari: 102
•  Idoralar uchun bino sifatida foydalaniladi.
•  1931-yildan 1974-yilgacha dunyodagi eng baland bino hisoblangan

Empire State Building dunyodagi eng taniqli osmono‘par binolardan biri. U 2007-yilda Amerika arxitektorlar instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning eng sevimli binosi hisoblanadi. Sababi, 40 yildan ortiq vaqt davomida unga dunyodagi eng baland bino sifatida qaralgan. Biroq uning tezlik bilan qurib bitkazilganligi yana-da ahamiyatli. Binoni qurish uchun 1929-yilning sentabr oyida shartnoma imzolangan bo‘lsa, oradan 20 oy o‘tib, 1931-yilning 1-mayida foydalanishga topshirilgan. 
Bino 20 000 dan ortiq kishiga xizmat qiladi va uning shaxsiy pochta indeksi (10118) mavjud.
1945-yil iyul oyining dam olish kunlaridan birida binoning 79-qavati B-52 52 bombardimoniga uchragan. Unda 14 kishi halok bo‘lganiga qaramay, dushanba kuni bino xodimlar uchun ochilgan. 
1930-yilning may oyida mazkur inshootdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda osmono‘par bino qurib bitkazilgan. Uning balandligi nayzali minorasi bilan qo‘shib hisoblaganada 319 metrni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich  Empire State Building’ning 85-qavatidan 1,2 metr past bo‘lgan edi. Vaholanki, Chrysler Building quruvchilari o‘z binolarini dunyodagi eng baland minora bo‘ladi deb o‘ylashgan. 
Lemb 61 metrli machta ishlab chiqargani uchun ham bino 102 qovatdan iborat bo‘lgan 381 metrli minoraga aylandi. Aslida machta derjabllar qo‘nishi uchun qurilgan. Lekin bir nechta sinov jarayonlaridan so‘ng bu g‘oyadan voz kechilgan. Chunki yuqorida shamol kuchli bo‘lganligidan derjabl hech qo‘na olmagan. 1953-yilgacha 61 metrli machtadan teleminora sifatida foydalanilgan. 1964-yildan boshlab esa, Nyu-York chiroyiga ko‘rk bag‘ishlab turishi uchun Empire State Building’ga 24 soat davomida yonib turadigan chiroq o‘rnatildi. 

Har yili dunyoning turli burchaklaridan kelgan sportchilar 1157 zinadan iborat bo‘lgan 867-qavatga yugurib chiqish bo‘yicha bellashadilar. 
102 qavatli minoraning umumiy maydoni 209,000 m²ni tashkil qiladi.


“Kokon” minorasi
•  Joylashgan joyi: Tokio
•  Qurib bitkazilgan sana: 2008-yil
•  Balandligi: 204 m
•  Qavatlar soni: 50 ta
•  O‘quv muassasasi sifatida foydalaniladi. 
•  Yaponiyaning eng baland universitet binolari ichida ikkinchi o‘rinda turadi. 

“Kokon” – Tokio hududidagi Sindzyuku tumanida joylashgan bino uchun ajoyib nom. Bino tashqaridan xuddi ip o‘ramiga o‘xshab ko‘rinadi. Bino ichida uchta ta’lim muassasalari hamda moda uylari joylashgan. 
Kokon’ning shishali fasadi yopishqoq plyonka bilan qoplangan. 
50 qavatli binoda Tokio moda uyi, Tokio informatika va texnologiyalari kolleji hamda Tokio tibbiyot universiteti joylashgan. Ularda umumiy 10 000 nafar talaba tahsil oladi. 
Bino tomida vertolyot maydoni joylashgan. Undan favqulodda vaziyatlarda foydalanib turiladi. 
50 qavatli minoraning umumiy maydoni 80,065 m²ni tashkil qiladi.
Minora aylanma shaklda qurilgani uchun bir nuqatadan ikkinchi tomonni ko‘rib bo‘lmaydi. 
 

Evolyutsiya minorasi

•  Joylashgan joyi: Moskva
•  Qurib bitkazilgan sanasi: 2015-yil
•  Balandligi: 246 m
•  Qavatlar soni: 54 ta 
•  Binodan asosan ofis sifatida foydalaniladi. 
•  Minora o‘z o‘qi atrofida 156° daraja aylantirib qurilgan. 

Evolyutsiya minorasiga aylanadigan binoning birinchi loyihasi 2004-yilda taqdim etilgan. O‘sha paytda bino City Palace deb nomlanishi kerak edi. Tabiiyki, saroy deb atalishi kerak bo‘lgan bino to‘y marosimlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Arxitektorlar uni oq ko‘ylak kiygan kelinga qiyoslab shishali spiral shaklida qurgan.
Ammo moliyaviy inqiroz boshlanganida qurilish to‘xtatiladi. 2011-yili qurilish qayta tiklanadi. Lekin endi Maskvaga to‘y marosimlarini o‘tkazish uchun joy emas, balki ofis kerak bo‘ladi. Natijada tuzilma qayta ishlanadi. Pastki va yuqori qismlar ofisga mos ravishda o‘zgartirildi, ammo arxitektorlar minoraning burama shaklini uni saqlab qolish uchun qilishadi. Shunda minora xuddi DNK o‘ramalariga o‘xshatiladi va binoning yangi ismi dunyoga keladi. 
54 qavatli minoraning umumiy maydoni 169,000 m²ni tashkil qiladi.

Evolyutsiya minorasi Moskva shahridagi eng baland bino emas, ammo uning shakli va joylashuvi odamlar e’tiborini tortadi. "Evolyutsiya" Moskva daryosi bo‘yidagi piyodalar ko‘prigidan, savdo markazidan va metroga kirish joyidan ko‘rinib turadi. 

Minoraning DNK tasmalariga o‘xshash ikki qarama-qarshi tomoni cheksizlik ramziga ham qiyoslanadi.