Dunyoning eng shimoliy shahrida odamlar qanday yashaydi? 

  • 16:23 / 06.09.2019
  • 1244

Dunyodagi eng shimoliy turarjoylar xaritasini koʻzdan kechirganda ulardan asosiylari Norvegiyaning Shpisbergen arxipelagida joylashganini koʻrishingiz mumkin. Bunday aholi turarjoylaridan biri, shahar deb atasa ham bo‘ladigan, aholisi 2100 nafar kishini tashkil etuvchi Longyir sanaladi. Mazkur shaharda ibodatxona, taʼlim muassasalari, umumiy ovqatlanish joylari va kinoteatr bor. Bularning bariga qaramay, Longyirdadagi hayotni sayyoramizdagi boshqa hayot bilan taqqoslab boʻlmaydi.

Birinchidan, bu yerda yilning toʻrt oyi davomida qorongʻu va yana toʻrt oyi doimiy ravishda yorugʻ. Ikkinchidan, shahar chekkasiga chiqqanda aholi qurollangan boʻlishi kerak, chunki shahrda qutb ayiqlariga duch kelish mumkin.

Dunyoning mazkur qismidagi joylar kabi Longyir dastlab konchilik shahri boʻlgan. Biroq keyinchalik qazib olish ishlari toʻxtatilgan. Bugun bu yerga turistlar yangi taassurotlarni olish uchun tashrif buyuradilar.

Shimoliy qutbga eng yaqin joylashgan Longyir shahriga xush kelibsiz.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

1956-yilda gollandiyalik tadqiqotchi Villem Barens Shpisbergenni ochgan. Oʻsha vaqtda arxipelag ov va baliqchilik hududiga aylandi. 

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Koʻplab Yevropa kompaniyalari mahalliy ov oʻljalariga egalik qilish uchun kurashdilar. Gollandlarning oʻzi bu yerda 60 ming kitni qirib tashladi. 

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

XX asrda Longyirga asos solindi. Dastlab bu yerda koʻmir qazib olingan.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Bugungi kunda shaharga sayyohlar muz gʻorlarini koʻrish, qorda yurish moslamalarida uchish uchun kelishadi. 

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Longyirda koʻplab olim va tadqiqotchilar ish olib boradilar. Bu yerda insoniyat jon saqlab qolishi uchun maʼlum va zarur boʻlgan barcha oʻsimliklarning urugʻi saqlanadi.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Bugun global isish va Arktikada oʻsib borayotgan havo harorati qimmatbaho modernizatsiyani talab etadi.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Aytishlaricha, arxipelagda uch mingdan ortiq oq ayiqlar yashaydi. Demak, ayiqlar bu yerda istiqomat qiluvchi odamlarga qaraganda koʻproq.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Longyirda kezib yuruvchi oq ayiqlar Longyir aholisi uchun jiddiy xavf  tugʻdiradi. Ular asosan aholi yashaydigan joydan uzoqda qoʻnim topgan, biroq koʻpincha ozuqa izlab shaharga kelib qoladi. Mahalliy aholida qurolning mavjudligi – hayot uchun zaruriy jihat.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Longyirdagi qurol doʻkoni ana shunday koʻrinishda. Talab yuqori boʻlgan savdo maskani. 

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Shahar aholisi tabiiy ofatlardan ham xoli emas. Toʻrt yil muqaddam sel Longyirdagi bir necha turar-joylarga talafot yetkazgan.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Bu yerda kichik mozor boʻlishiga qaramay, oʻtgan asrning 50-yillarida koʻmish maʼn etilgan. Abadiy muzliknnig erishi sababli marhumlarning tanasi yer yuziga chiqib qolavergan. 

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Longyir oʻzini “mitti megapolis” sifatida namoyish etadi. Chunki shaharning 2100 nafar aholisi dunyoning 50 ta turli mamlakatlaridan kelgan.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Shpisbergenga keluvchilar arxepelagga vizasiz kelish va ishlashga ruxsat beruvchi gʻaroyib shartnomadan foydalanadi. 

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Longyirda dunyodagi eng shimoliy maktab ham joylashgan. Bu yerda ikki yuzdan ortiq oʻquvchilar tahsil oladi. Maktabda matematika va adabiyotdan tashqari, bolalarga tabiatda oʻzini qanday tutish kerakligi, oq ayiqqa duch kelganda va qor koʻchganda qanday yoʻl tutish lozimligi haqida hikoya qilinadi.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Shaharning oʻz universitet markazi mavjud.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Bu yerdagi cherkov 24/7 rejimda ochiq. Uning xonalarida konsert va boshqa madaniy tadbirlar oʻtkaziladi. 

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Longyir aholisi restoran, kinoteatr, tungi klublarda dam olishadi.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Ayrimlar plyajda biroq quyosh nuridan bahra olishga intiladilar.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Har yili toʻrt oylik qutb tuni yakuni shahar aholisi tomonidan bir hafta davom etadigan quyosh festivali tarzida nishonlanadi.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Quyosh boʻlmagan kunlar oʻrniga bu yerdagi betakror qutb yogʻdusidan bahramand boʻlish mumkin.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Odamlar shaharda qorda yuruvchi moslamalardan foydalanishadi. 

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Koʻchada ochqolgan kiyikka duch kelish odatiy hol.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца

Agar Longyirga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, bu yerdagi Radisson Blu Polar Hotelʻda qolishingiz mumkin.

Как живут люди в самом северном городе мира, где 4 месяца нет солнца